Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati Feruz Turayev saylov okrugi hududidagi Mirzo Ulug‘bek mahallasida fuqarolar bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Uchrashuvda xalq deputatlari Pastdarg‘om tuman Kengashi huzuridagi Ekspert guruhi a’zosi Xonbuvi Xaitova ham ishtirok etdi.
Qabul davomida aholi tomonidan bildirilgan ijtimoiy, kommunal hamda kundalik hayot bilan bog‘liq murojaatlar tinglandi. Har bir masala yuzasidan tegishli mas’ullarga og‘zaki va yozma deputat so‘rovlari yuborilishi belgilandi.
Shuningdek, Mirzo Ulug‘bek mahallasida faoliyat yuritayotgan “yetti”lik tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganilib, aholi muammolarini tizimli hal etish bo‘yicha fikr almashildi.