Yangiliklar

📢 MAHALLLA ICHKI KO‘CHALARINI YAXSHILASH BO‘YICHA DEPUTAT NAZORATI O‘RNATILDI

📢 MAHALLLA ICHKI KO‘CHALARINI YAXSHILASH BO‘YICHA DEPUTAT NAZORATI O‘RNATILDI
Xalq deputatlari Baxmal tumani Kengashi deputati N.Abdaxatov hududiy infratuzilma muammolarini hal etish choralarini ko‘rmoqda.
"Baxmal" MFYga qarashli "To‘rttol" mahallasi aholisidan ichki yo‘llarning holati yomonligi bo‘yicha murojaat kelib tushdi.
Ushbu muammoni bartaraf etish maqsadida, deputat N.Abdaxatov tomonidan Tuman Obodonlashtirish boshqarmasi boshlig‘i M.Abdullayevga rasmiy deputat so‘rovi yuborildi.
So‘rovda "To‘rttol" mahallasidagi og‘ir vaziyatni o‘nglash hamda 85-maktabga olib boruvchi 3 km masofadagi ichki ko‘chalarni shag‘allashtirib berish choralari ko‘rilishi talab qilindi.
Mutasaddi tashkilotdan qonuniy muddatda aniq chora-tadbirlar rejasi kutilmoqda.

Slide 1 of 1