📍 Kuni kecha “Dalvarzin” mahallasida navbatdagi sayyor qabul tashkil etildi.
🤝 Ochiq va samimiy muloqotda Xalq deputatlari Bekobod tumani Kengashi deputati, tuman hokimi Z.Nizomiddinov, tuman hokimi o‘rinbosarlari hamda mutasaddi tashkilotlar vakillari ishtirok etib, fuqarolar murojaatlari va takliflarini tinglashdi.
📌 Sayyor qabul davomida aholini qiynab kelayotgan masalalar, ijtimoiy muammolar hamda hududni yanada obod qilishga qaratilgan takliflar muhokama qilindi. Har bir murojaat yuzasidan tegishli mutasaddilarga aniq vazifalar belgilandi.
🌿 Xalq bilan muloqot, muammolarni joyida o‘rganish va amaliy yechim topish — xalq manfaatlariga xizmat qiluvchi muhim tamoyildir.
✨ Inson qadri ustuvor bo‘lgan jamiyatda ochiq muloqot va hamjihatlik taraqqiyot poydevoridir!