Yangiliklar

#Deputat tomonidan OShP faoliyati o‘rganildi

        Jalaquduq tumani Kengashi deputati S. Rayimqulova tomonidan Dehqonobod MFY hududida joylashgan Toshbuloq oilaviy shifokorlik punktida aholiga ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmatlar holati o‘rganildi.O‘rganish
jarayonida fuqarolarga o‘z vaqtida va sifatli tibbiy yordam ko‘rsatish, tibbiyot xodimlarining faoliyati, shuningdek, aholiga bepul tarqatiladigan dori-darmon vositalari bilan ta’minlanish holati ko‘zdan kechirildi. Shuningdek, tibbiyot muassasasiga murojaat qilgan fuqarolar bilan suhbat o‘tkazilib, ularning fikr va takliflari tinglandi. Aniqlangan masalalar yuzasidan mas’ullarga tegishli tavsiya va topshiriqlar berildi.
Deputat tomonidan aholi salomatligini muhofaza qilish, tibbiy xizmatlar sifatini yanada oshirish hamda dori-darmon ta’minotini tizimli nazorat qilish muhim ekani ta’kidlandi.  

Slide 1 of 5