Xalq deputatlari Taxiatosh tumani Kengashiga Oʻzbekiston Liberal-demokratik partiyasidan saylangan deputat Madaminov Alisher Abdullayevich hamda Kengash kotibiyati mudiri Matniyazov Akbar Qadirovich “Taxiatosh” MFY hududida olib borilayotgan gaz tarmog‘ini yangilash ishlari bilan tanishdi.
🔍 O‘rganish davomida uzoq yillar davomida foydalanilib, eskirgan yer osti gaz quvurlarini zamonaviy talablarga mos ravishda yer ustiga chiqarish, yangidan gaz tarmoqlarini tortish hamda izolyatsiya qilish ishlari ko‘zdan kechirildi.
📌 Hozirda hududda diametri 159 mm bo‘lgan o‘rta bosimdagi gaz quvurlarini o‘rnatish ishlari olib borilmoqda. Loyiha doirasida jami 1500 metr uzunlikdagi yangi gaz tarmog‘i barpo etilmoqda.
🏘 Mazkur ishlar yakunlangach:
🔹 “Taxiatosh” MFY aholisi uchun gaz ta’minoti yanada barqarorlashadi;
🔹 “Shamchiroq” MFYdagi xonadonlarni uzluksiz gaz bilan ta’minlash imkoniyati kengayadi;
🔹 avariya holatlari va gaz yo‘qotishlarining oldi olinadi;
🔹 aholiga ko‘rsatilayotgan kommunal xizmatlar sifati oshadi.
🤝 Tashrif davomida mutasaddilar bilan muloqot o‘tkazilib, qurilish-montaj ishlarining sifati, muddatlarga rioya etilishi hamda aholining manfaatlarini ta’minlash masalalari muhokama qilindi.
📍 Hududlarda muhandislik-kommunikatsiya infratuzilmasini yangilash bo‘yicha olib borilayotgan bunday loyihalar fuqarolarning turmush sifatini yaxshilash va qulay yashash sharoitlarini yaratishga xizmat qilmoqda.