Yangiliklar

Deputat nazorati

MAHALLADAGI CHIQINDI MUAMMOSI DEPUTAT NAZORATIDA

Xalq deputatlari Ohangaron tuman Kengashi 10-Toshariq saylov okrugi deputati, O‘zLiDeP a’zosi Nabiyev Anvar G‘aniyevich tomonidan hududdagi mavjud muammolarni o‘rganish maqsadida mahallada monitoring ishlari olib borildi.

O‘rganish jarayonida Toshariq MFY hududida chiqindilar bilan bog‘liq holat o‘rganildi. Xususan, ayrim joylarda maishiy chiqindilar to‘planib qolgani, bu esa aholi uchun noqulayliklar tug‘dirishi hamda sanitariya holatiga salbiy ta’sir ko‘rsatayotgani aniqlandi.

Aniqlangan kamchiliklar bo‘yicha tegishli choralar ko‘rilib, mavjud muammolar bartaraf etildi.

Mazkur masala deputat tomonidan nazoratga olingan bo‘lib, hududda sanitariya holatini yaxshilash borasida ishlar izchil davom ettirilmoqda.

Hududlarni obodonlashtirish, atrof-muhit musaffoligini ta’minlash va aholi uchun qulay yashash sharoitlarini yaratish borasidagi amaliy ishlar bundan buyon ham davom ettiriladi. 

Slide 1 of 1