Yangiliklar

#partiya_bilan_hamkorlik

#partiya_bilan_hamkorlik

O‘zbekiston “Adolat” SDP tomonidan partiya patronaji doirasida Buxoro shahridagi ZARMED universiteti kampusida tadbir tashkil etildi. Unda partiyaga a’zo bo‘lish istagini bildirgan pedagoglar va talaba-yoshlar safi kengaydi.

Tadbirda O‘zbekiston “Adolat” SDP Buxoro viloyat Kengashi raisi Maqsud Hamidov, Kogon shahar Kengashi raisi Zarnigor Tosheva hamda Kogon shahar deputati Kimyo Yodgorova ishtirok etdi. Yangi a’zolarga partiya guvohnomalari topshirildi.

Shuningdek, “Zarmed” boshlang‘ich partiya tashkiloti rasman tashkil etildi. U yoshlar va pedagoglarni ijtimoiy-siyosiy jarayonlarga keng jalb etish, ularning tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlashga xizmat qiladi.

Tadbirda yoshlarning siyosiy faolligini oshirish va adolat tamoyillarini mustahkamlash muhimligi ta’kidlandi.

Xalq deputatlari Kogon shahar Kengashi axborot xizmati

Telegram (https://t.me/KogonshaharKengashiVI)/Instagram (https://www.instagram.com/kogonshaharkengashi?utm_source=qr&igsh=NDRrbGprbzRpMmZs)/Facebook (https://www.facebook.com/profile.php?id=61580100445021) /Youtube (https://youtube.com/@xalqdeputatlarikogonshahar-g8r?si=tTSW0oZuoAxxdcXO) / E-kengash (https://kengash.gov.uz/news?region_id=2&authority_id=276)

Slide 1 of 5