Yangiliklar

Xalq deputatlari Zomin tuman Kengashi deputati S.Bekmurodova tomonidan tuman maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limiga deputatlik soʻrovi chiqarildi.

Saylov okrugida o‘tkazilgan o‘rganishlar davomida maktabgacha yoshdagi bolalarni ta’lim bilan qamrab olish darajasi yetarli emasligi aniqlandi.

Xususan, ayrim hududlarda mavjud maktabgacha ta’lim tashkilotlarida joylar cheklanganligi sababli aholi qiyinchiliklarga duch kelmoqda.

Mazkur muammoni hal etish maqsadida hududda oilaviy maktabgacha ta’lim tashkiloti tashkil etish yuzasidan tuman maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limiga deputat so‘rovi yuborildi.