Tuman Kengashi deputati hududda “Madad” nodavlat notijorat tashkilotining Zomin huquqiy maslahat byurosi vakillari bilan hamkorlikda mahallada ish olib bormoqda.
Uchrashuv va o‘rganishlar jarayonida fuqarolardan tushayotgan murojaatlar, aniqlanayotgan muammo va kamchiliklar atroflicha tahlil qilinmoqda. Xususan, mazkur murojaat va kamchiliklar Xalq deputatlari tuman Kengashining tegishli doimiy komissiyalari muhokamasiga kiritilishi ta’kidlandi.
O‘rganishlar yakuni bilan aniqlangan muammolarni tizimli hal etish, ularning ijrosini nazoratga olish hamda tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda amaliy choralar ko‘rish yuzasidan tegishli taklif va tavsiyalar ishlab chiqildi.