Bolalar xavfsizligi – ustuvor vazifa!
Xalq deputatlari Muborak tumani Kengashining 17-Xitoy saylov okrugi deputati Jo‘raev Ilyos tashabbusi bilan “Obod turmush” MFY hududida muhim amaliy ishlar bajarildi.
🔤Xususan, A-380 avtomobil yo‘lining 35-maktab yaqin qismida o‘quvchilar va piyodalar xavfsizligini ta’minlash, yo‘l-transport hodisalarining oldini olish maqsadida piyodalar o‘tish joyi — “zebra” qayta bo‘yaldi.
🔺Mazkur tashabbus maktab o‘quvchilarining yo‘lni xavfsiz kesib o‘tishlari uchun qulay sharoit yaratish bilan birga, haydovchilar e’tiborini yanada oshirishga xizmat qiladi.
✅ Aholi, ayniqsa yosh avlod xavfsizligini ta’minlash borasidagi bunday amaliy ishlar izchil davom ettiriladi.