⚡️Xalq deputatlari Forish tuman Kengashi deputati Bahodir G‘oziyev aholi muammolarini o‘rganish va ularga yechim topish maqsadida “Qizilqum” mahallasida fuqarolar bilan ochiq muloqot o‘tkazdi.
⚡️Uchrashuv davomida mahalla aholisi tomonidan turli ijtimoiy-iqtisodiy masalalar, infratuzilmani yaxshilash, bandlik va boshqa dolzarb muammolar yuzasidan murojaatlar bildirildi. Deputat har bir masalani atroflicha o‘rganib, ularni hal etish bo‘yicha tegishli chora-tadbirlar belgilanishini ta’kidladi.
⚡️Muloqot samimiy va konstruktiv ruhda o‘tib, aholining taklif va fikrlari inobatga olinishi, ularning murojaatlari e’tibordan chetda qolmasligi alohida qayd etildi.