8-Qalaychorbog’ saylov okrugi deputati R.Safarov hamda “MADAD” NNT tuman huquqiy maslahat byurosi bosh mutaxassisi M.Fatullayev ishtirokida Qalaychorbog’ MFYda faoliyat yuritayotgan ijtimoiy xodimning ish faoliyati o’rganildi.
O’rganish jarayonida ijtimoiy xodim tomonidan aholi, ayniqsa ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlar bilan olib borilayotgan ishlar, murojaatlar bilan ishlash, manzilli yordamlarni tashkil etish holati atroflicha ko’rib chiqildi. Shuningdek, xizmat ko’rsatish sifati, hujjatlarni yuritish tartibi hamda amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar samaradorligi tahlil qilindi.
Tomonlar tomonidan aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish, ish samaradorligini yanada oshirish yuzasidan tegishli tavsiya va ko’rsatmalar berildi. Bunday o’rganishlar aholiga ko’rsatilayotgan ijtimoiy xizmatlar sifatini yaxshilashda muhim ahamiyat kasb etadi.