Yangiliklar

Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati L. Bayanasov Tomdibuloq OFY hududida nuroniylar bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati L. Bayanasov Tomdibuloq OFY hududida nuroniylar bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Uchrashuv davomida mahalla hayotiga oid dolzarb masalalar muhokama qilinib, nuroniylar tomonidan qator taklif va mulohazalar bildirildi. 

Deputat ushbu murojaatlarni tinglab, ularni ijobiy hal etish yuzasidan tegishli choralar ko‘rilishini ta’kidladi.

Uchrashuvdan so‘ng nuroniylar ishtirokida shaxmat va shashka musobaqalari tashkil etilib, tadbir ko‘tarinki ruhda davom etdi.

Bu esa ishtirokchilarning kayfiyatini yanada ko‘tarib, ular o‘rtasida samimiy muloqotni mustahkamlashga xizmat qildi.

Slide 1 of 5