Xalq deputatlari Guliston shahar Kengashi deputati Sirojiddin Muhammadiyev tomonidan “Sohil” mahallasidagi ichki yo‘llarning holati atroflicha o‘rganildi.
Ushbu jarayonda mahalla raisi bilan birgalikda hududdagi “Nurli yo‘l” va “Bog‘i rag‘on” ko‘chalari ko‘zdan kechirildi. O‘rganishlar davomida aholi tomonidan ko‘p marotaba yo‘llarni shag‘allashtirish bo‘yicha tushgan murojaatlar o‘z tasdig‘ini topdi.
Haqiqatan ham, mazkur ko‘chalarning bugungi holati, ayniqsa, yog‘ingarchilik kunlarida aholi, ayniqsa, yosh bolalar va keksalar harakati uchun bir qator noqulayliklarni keltirib chiqarmoqda.
Deputat tomonidan ushbu masalani ijobiy hal etish, ya’ni ko‘chalarga shag‘al yotqizish ishlarini qisqa muddatlarda tashkil etish bo‘yicha tegishli chora-tadbirlar belgilab olindi.