Yangiliklar

Minnatdorchilik

📌Fuqaro murojaati ijobiy hal etildi

Xalq bilan muloqot, ularning dardu tashvishlari bilan yashash bugungi kun deputatlarining asosiy mezoniga aylangan.

Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati X.Saidova tomonidan "Novqa" MFY, Oqtosh qishlog‘ida yashovchi fuqaro Axmedov Sharifning murojaati atroflicha o‘rganildi.

✅ Natijada fuqaroning bandligi ta’minlanib, oilaviy daromadini oshirishi va mavsumiy ishlar bilan shug‘ullanishi uchun unga motokultivator berildi.

Fuqaro ko‘rsatilgan amaliy yordam va e’tibordan mamnun bo‘lib, mas’ullarga o‘z minnatdorchiligini bildirdi.

Slide 1 of 1