Yangiliklar

TOSHLOQ TUMANINI KOMPLEKS IJTIMOIY-IQTISODIY RIVOJLANTIRISH DASTURI LOYIHALARI IJROSI DEPUTAT NAZORATIDA

Xalq deputatlari Toshloq tumani Kengashi kotibiyati mudiri M.Qoraboyeva hamda deputat D.Jo‘rayevalar tomonidan Yuqoriqishloq mahalla fuqarolar yig‘inida aholining munosib yashashi va tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanishi uchun namunali hududga aylantirishga qaratilgan ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturi doirasida amalga oshirilayotgan ishlarni joyiga chiqqan holda o‘rganildi.

Jumladan, hududida faoliyat yuritayotgan muzqaymoq ishlab chiqarish tadbirkorlik subyekti faoliyati bilan yaqindan tanishdi. Korxonada zamonaviy uskunalardan foydalanilayotgani, mahsulot sifati va xavfsizlik talablariga alohida e’tibor qaratildi.

Mas’ullar tomonidan ishlab chiqarish hajmini yanada kengaytirish, yangi turdagi mahsulotlarni yo‘lga qo‘yish hamda yosh mutaxassislarni ish bilan ta’minlash yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.

Slide 1 of 4