Xalq deputatlari tuman Kengashi kotibiyat mudiri M.Qoraboyeva tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Jamoaviy sport turlarini rivojlantirish va iqtidorli yoshlarni saralab olish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-421-sonli qarori ijrosi yuzasidan tuman sport maktabida amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi.
Shuningdek, sport maktabida yaratilgan shart-sharoitlar, mavjud infratuzilma, sport anjomlari bilan ta’minlanganlik darajasi bilan yaqindan tanishildi.
O‘rganish jarayonida sportchilarning yutuqlari, murabbiylar faoliyati hamda iqtidorli yoshlarni aniqlash va qo‘llab-quvvatlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar muhokama qilindi.
Mas’ullar tomonidan sport sohasini yanada rivojlantirish, yoshlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib etish bo‘yicha zarur chora-tadbirlarni kuchaytirish yuzasidan tavsiyalar berildi.