#tavsiyalar_asosida
Xalq deputatlari Kogon shahar Kengashi deputati Hamro Yodgorova tomonidan Istiqlol mahallasida ayollar uchun sayyor qabul tashkil etildi.
Mazkur samarali muloqot davomida xotin-qizlar bilan ochiq va samimiy suhbatlar olib borildi.
Fuqarolar tomonidan bildirilgan murojaat, taklif va muammolar diqqat bilan tinglanib, har bir masalaga alohida e’tibor qaratildi. Ayniqsa, ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash, bandlikni ta’minlash, sog‘liqni saqlash hamda oilaviy masalalar muhokamaga tortildi.
Barcha murojaatlar tegishli tartibda ko‘rib chiqilishi uchun mas’ul tashkilotlarga yo‘naltirilib, ularning ijrosi nazoratga olindi. Shuningdek, ayollarga huquqiy va amaliy tushuntirishlar berilib, muammolarni tizimli hal etish yuzasidan zarur tavsiyalar bildirildi.
🌎 Xalq deputatlari Kogon shahar Kengashining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalariga a'zo bo'ling!
Facebook (https://www.facebook.com/profile.php?id=61580100445021) /Youtube (https://youtube.com/@xalqdeputatlarikogonshahar-g8r?si=tTSW0oZuoAxxdcXO) /Telegramm (https://t.me/KogonshaharKengashiVI) /Instagram (https://www.instagram.com/kogonshaharkengashi?utm_source=qr&igsh=NDRrbGprbzRpMmZs)/ Veb sayt (https://kengash.gov.uz/news?region_id=2&authority_id=276)