Yangiliklar

Tuman deputati nufuzli xalqaro tadbirda ishtirok etdi

Toshkentda "Taraqqiyot strategiyasi" markazi hamda BMTning O‘zbekistondagi vakolatxonasi bilan hamkorlikda takomillashayotgan “O‘zbekiston- 2030" strategiyasi loyihasini xalqaro hamjamiyat ishtirokida jamoatchilik muhokamasi o‘tkazildi.

Ushbu davra suhbatida mamlakatning ijtimoiy, iqtisodiy va madaniy rivojlanishini 2030-yilgacha muvaffaqiyatli amalga oshirish uchun yangi yo‘nalishlar va ustuvorliklarni aniqlashdir. Ishtirokchilar, jumladan, xalqaro ekspertlar, davlat mutasaddilari, ilm-fan va hamkorlik sohasidagi professionallar, loyihaning yillik rivojlanish strategiyasini muhokama qildi, takliflar va tashabbuslar bilan atroflicha fikr almashdi.

Tadbirda Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti rektori, professor, xalq deputatlari Mirobod tuman Kengash deputati Gulchehra Rixsiyeva ham ishtirok etdi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring:

Telegram tarmog‘ida: https://t.me/MirobodKengash
 Facebook tarmog‘ida: https://www.facebook.com/share/p/1CMZpdqxre/ 
Slide 1 of 3