Xalq deputatlari Kogon shahar Kengashi deputatlari Sh. Isamutdinov, D. Raximova hamda kotibiyat bosh mutaxassislari I. Ikromov, Z. Temirovalar ishtirokida 7-umumta’lim maktabida kitobxonlik tanlovining shahar bosqichi bo‘lib o‘tdi.
Tadbir davomida ishtirokchilarning badiiy asarlarni o‘qish, tushunish va tahlil qilish ko‘nikmalari baholandi. Tanlov jarayoni yuqori saviyada tashkil etilib, ishtirokchilar o‘z bilim va iqtidorlarini namoyon etish imkoniga ega bo‘ldilar.
Shuningdek, tadbirda yoshlar o‘rtasida kitobxonlik madaniyatini keng targ‘ib etish, ularning ma’naviy dunyosini boyitish hamda bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Tanlov yakunida faol ishtirokchilar munosib rag‘batlantirildi hamda mazkur yo‘nalishdagi ishlarni yanada rivojlantirish zarurligi ta’kidlandi.
🌎 Xalq deputatlari Kogon shahar Kengashining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalariga a'zo bo'ling!
Facebook (https://www.facebook.com/profile.php?id=61580100445021) /Youtube (https://youtube.com/@xalqdeputatlarikogonshahar-g8r?si=tTSW0oZuoAxxdcXO) /Telegramm (https://t.me/KogonshaharKengashiVI) /Instagram (https://www.instagram.com/kogonshaharkengashi?utm_source=qr&igsh=NDRrbGprbzRpMmZs)/ Veb sayt (https://kengash.gov.uz/news?region_id=2&authority_id=276)