Yangiliklar

MAHALLALARDA YOSHLAR BILAN ISHLASH TIZIMI YANGI BOSQICHGA KO‘TARILMOQDA!

Farmonning asosiy maqsadi nima?

Yoshlar muammolari bilan individual va manzilli ishlash orqali ularning bandligini ta’minlash, ma’naviy dunyoqarashini yuksaltirish va ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash tizimini to‘liq raqamlashtirish.

🔎 Yangi tizimda nimalar o‘zgaradi?

💬 "Mahalla yettiligi" va maktab hamkorligi:

Endilikda maktab bitiruvchilarining kelajakda o‘z yo‘lini topishi uchun mahalla raisi, yoshlar yetakchisi va hokim yordamchisi mas’ul bo‘ladi. Xulq-atvorida murakkablik bo‘lgan yoshlar bilan individual ishlanadi.

💬 Yoshlar yetakchilarining asosiy vazifalari:

• Yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish ("Besh tashabbus olimpiadasi").

• "Yoshlar daftari" orqali manzilli yordam ko‘rsatish.

• Yoshlarni tadbirkorlikka va kasb-hunarga yo‘naltirish.

💬 To‘liq raqamlashtirish (2026-yil 1-fevraldan):

• "Yoshlar yagona elektron platformasi" yaratiladi.

• "Yoshlar daftari" orqali yordam olish uchun arizalar topshirish va ularni ko‘rib chiqish jarayoni to‘liq avtomatlashtiriladi (inson omili cheklanadi).

• Yoshlarning bandligi va ijtimoiy holati bo‘yicha "Yoshlar balansi" shakllantiriladi.

💬 Shaffoflik va hisobdorlik:

Har yili 30-iyun — Yoshlar kuni arafasida yoshlarga oid davlat siyosatining natijalari bo‘yicha Milliy ma’ruza e’lon qilib boriladi.

⏺ Natijada nima kutilmoqda?

Mahalladagi har bir yosh e’tibordan chetda qolmaydi. Ularning qobiliyati aniqlanib, munosib ish o‘rinlari va ijtimoiy imtiyozlar bilan ta’minlanadi.

🫥 Yoshlar — yurtimiz kelajagi, ularning har bir muammosi davlatimiz e’tiborida!