Yangiliklar

Xalq dardi — deputat e’tiborida: “Jayhun” mahallasida ochiq muloqot

Yig‘ilish avvalida deputat bugungi kunda yurtimizda barcha sohalarda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar, yangilanishlar va qabul qilinayotgan tarixiy qarorlarning mazmun-mohiyati haqida to‘xtalib o‘tdi. Ayniqsa, Prezidentimizning PF-209-sonli Farmoni asosida mahallalarda boshqaruv tizimini takomillashtirish va aholi farovonligini oshirishga qaratilgan davlat dasturlari bo‘yicha o‘z fikr-mulohazalarini o‘rtoqlashdi.

💬Saylovchilar tomonidan:

🔅Ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarni qo‘llab-quvvatlash;

🔅Hududdagi infratuzilmani yaxshilash;

🔅Bandlik va tadbirkorlik masalalari bo‘yicha taklif va muammolar o‘rtaga tashlandi.

"Deputatning kuchi — xalqning ishonchida. Bizning vazifamiz saylovchilarimizni qiynayotgan masalalarni nafaqat eshitish, balki ularning huquqiy va amaliy yechimini topishdir," — dedi G.Abramatova.

🫥Kelib tushgan barcha murojaatlar deputat nazoratiga olindi. Muddat talab etadigan masalalar yuzasidan tegishli tashkilotlarga deputatlik so‘rovlari yuborish belgilandi.

Slide 1 of 2