Ehtiyojmand oilalar doimiy e’tibor va g‘amxo‘rlikda!
Xalq deputatlari Shahrisabz tumani Kengashi deputati Sabohat Abdunazarova tashabbusi bilan “Obod” MFYda navbatdagi xayrli tadbir amalga oshirildi.
Tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi Alisher Sadullayev hamda “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi vakillari ishtirokida “Ijtimoiy himoya yagona reestri”ga kirgan oilalar holidan xabar olindi.
O‘rganishlar davomida, ayniqsa, nogironligi bo‘lgan fuqarolar yashayotgan xonadonlarning sharoitlariga alohida e’tibor qaratildi. Deputat tomonidan ushbu xonadonlarni ta’mirlash va ularga zarur amaliy yordam ko‘rsatish bo‘yicha aniq tavsiyalar berilib, ijrosi nazoratga olindi.