Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

Ta’lim sifatini oshirish-Yangi O‘zbekiston taraqqiyot yo‘lining yakka-yu yagona to‘g‘ri yo‘li

Xalq deputatlari Kogon shahar Kengashi deputatlari Dilfuza Ergasheva hamda Sanjar Bazarovlar tomonidan joriy yilning 13-fevral kuni Kogon shahridagi 9-umumta'lim maktabida "Ta’lim sifatini oshirish-Yangi O‘zbekiston taraqqiyot yo‘lining yakka-yu yagona to‘g‘ri yo‘li" mavzusida tadbir bo'lib o'tdi.

Deputatlar bugungi kunda davlat rahbari tomonidan, ta'limga xususan o'quvchilarga yaratilayotgan keng imkoniyatlar to'g'risida batafsil tushuntirish berildi. Jumladan:

Maktablarda o‘rgatish mumkin bo‘lgan 50 ta kasb-hunar ro‘yxati tuzilib, har biri bo‘yicha o‘quv va amaliyot dasturlari ishlab chiqilishi, buning uchun maktablarda ustaxonalar tashkil etilishi va “Kasbiy ta’lim ustasi” lavozimi joriy etilishi;

 Tadbirkorlar, usta va mutaxassislarni jalb qilgan holda o‘quvchilarning qiziqishidan kelib chiqib kasbiy ta’limga yo‘naltirilgan mashg‘ulotlar o‘tkaziladi, kasb to‘garaklari tashkil etilishi;

 Maktabdagi bo‘sh joylar tadbirkorlarga o‘quvchilarni kasb-hunarga o‘qitish uchun tekin foydalanishga berilib, ularga soliq va boshqa bir qator imtiyozlar beriladi.

O‘quv kursini tamomlab, imtihondan o‘tgan o‘quvchilarga malaka sertifikati berilishi;

O‘quvchilarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash orqali ularda “huquqbuzarlikka qarshi immunitet” yaratish bo‘yicha tizim qilish zarurligi;

 O‘quvchilarning bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazish va kasbga yo‘naltirish, tarbiyasi va o‘qishida muammo bo‘lgan o‘quvchilarning ota-onalari va mahalla faollari bilan birga ishlab, muammolarni yechishga qaratilgan aniq choralarni ko‘rish muhimligi qayd etildi.

Mahalla raislari har oy maktablarda ota-onalar bilan uchrashib, mahalla va maktabdagi muhitni muhokama qilishi maqsadga muvofiq ekanligi, maktablarda taniqli shoir va yozuvchilar, sportchilar, faxriylar, jamiyatda obro‘ga ega insonlar bilan uchrashuvlarni ko‘paytirish lozimligi, bolalar tarbiyasini yaxshilashga, ota-onalar dunyoqarashini kengaytirishga xizmat qiladigan milliy kontentni mahalla va ta’lim muassasalariga yetkazib turilishi haqida ko'plab ma'lumotlar berildi. 

Deputatlarning maktablardagi tadbirlari davom etmoqda....

Xalq deputatlari Kogon shahar Kengashi kotibiyati 
Slide 1 of 4