Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Aholi murojaatlari e’tiborda hamda qonun ijrosi nazoratda: Kitob tumanida ko‘chama-ko‘cha o‘rganishlar o‘tkazildi
янв.21
Qorabuloq MFYdagi 6-sonli oilaviy poliklinikada o‘rganish o‘tkazildi
янв.21
Bosh maqsad — xalq roziligi: Deputatlar va mutasaddilar "Ali Qushchi" MFYda aholi muammolarini o‘rgandilar
янв.21
🏛 "Dolzarb 90 kunlik": Yoshlarning yozgi ta’tili deputat e’tiborida
янв.21
"DOLZARB 40 KUNLIK": KITOB TUMANIDA OBODONLASHTIRISH ISHLARI QIZGʻIN PALLADA
янв.21
Hududiy muammolarni hal etish, ta’lim muassasalari faoliyatini yaxshilash hamda aholi uchun munosib turmush sharoitlarini yaratish — deputatlik faoliyatining eng muhim ustuvor yoʻnalishlaridan biridir.
янв.21
Xotin-qizlarni tazyiq va zo‘ravonlikdan himoya qilish bo‘yicha targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi
янв.21
🚧 Kuhsor MFYda yo'llarni ta'mirlash va kengaytirish ishlari olib borilmoqda
янв.21
Tuman Kengashi kotibiyatida fuqarolar murojaatlari tinglandi
янв.21
Bugun O‘zbekiston mahallalari uyushmasi raisi Qahramon Quronboyev Kitob tumanidagi "Denov" mahallasiga tashrif buyurib, aholining yashash sharoitlari hamda hududda amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari bilan yaqindan tanishdi.
"MADAD" bilan hamkorlik – huquqiy xizmatlar sifatini oshirish yo‘lida.

Xalq deputatlari Angor tumani Kengashi kotibiyati mutaxassisi M.Choriyeva "MADAD" nodavlat notijorat tashkilotining Angor tumanidagi huquqiy maslahat markazi faoliyati bilan tanishdi.

Tashrif davomida markazda aholiga ko‘rsatilayotgan bepul huquqiy maslahat xizmatlari, fuqarolar murojaatlarini qabul qilish va ularni qonunchilik asosida hal etish mexanizmlari yuzasidan fikr almashildi.

Shuningdek, aholini huquqiy jihatdan qo‘llab-quvvatlash, huquqiy madaniyatni yuksaltirish hamda fuqarolarning murojaatlari bilan ishlash samaradorligini oshirish borasida o‘zaro hamkorlikni yanada mustahkamlash masalalari muhokama qilindi.

Xalq deputatlari Angor tumani Kengashi kotibiyati hamda "MADAD" huquqiy maslahat markazi o‘rtasidagi hamkorlikni izchil davom ettirish orqali aholining huquqiy manfaatlarini ta’minlash va qonun ustuvorligini mustahkamlash yo‘lidagi sa’y-harakatlar davom ettiriladi.

Slide 1 of 3