Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Sessiya kun tartibidagi masalalar joyiga chiqib o‘rganilmoqda
янв.21
Sessiya kun tartibidagi masalalar joyiga chiqib o‘rganilmoqda
янв.21
DEPUTATLIK SO‘ROVIGA RASMIY JAVOB BERILDI
янв.21
Sariosyo MFYda jinoyatchilik profilaktikasi va qonunchilik targ‘iboti o‘rganildi
янв.21
82-sonli maktabdagi qurilish ishlari mas’ullar va deputat nazoratida
янв.21
Tumanimizda tibbiyot muassasasi faoliyati o‘rganilib, qonun targ‘iboti o‘tkazildi
янв.21
Varganza mahallasidagi ishlar holati ko‘zdan kechirildi
янв.21
Bozorlardagi narx-navo barqarorligi va mahsulotlar sifati deputatlar e’tiborida
янв.21
Deputatlar va soha mutasaddilari madaniyat maskani faoliyati bilan tanishdilar
янв.21
Alaquyliq mahalla fuqarolar yig'ini yettiligi faoliyati o'rganildi
Fuqarolar murojaatlari – deputat e’tiborida

#deputatlar_nazorati #poytaxtdeputatlari #deputatlik_faoliyati

❗️Fuqarolar murojaatlari – deputat e’tiborida

🏛 Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi deputati Nodir Yunusov O‘zbekiston Ekologik partiyasi Toshkent shahar partiya tashkiloti raisi Sevara Fayziyeva bilan birgalikda Sergeli tumanidagi "Jo‘nariq" mahalla fuqarolar yig‘inida sayyor qabul o‘tkazib, fuqarolar bilan ochiq muloqot olib bordi.

🤝 Qabul davomida mahalla aholisining ijtimoiy, ekologik va infratuzilmaga oid murojaatlari tinglanib, hududni obodonlashtirish, ko‘kalamzorlashtirish, daraxt va gulzorlarni asrash, ichki yo‘llarni ta’mirlash, kommunal xizmatlar sifatini yaxshilash, chiqindilarni o‘z vaqtida olib chiqish, elektr, gaz va ichimlik suvi ta’minoti bilan bog‘liq masalalar yuzasidan taklif hamda murojaatlar atroflicha muhokama qilindi.

📝 Shuningdek, mahalliy Kengash deputatlari faoliyatining ustuvor yo‘nalishlari doirasida aholi bandligini ta’minlash, ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarni qo‘llab-quvvatlash, mahalla hududidagi ekologik muhitni yaxshilash, fuqarolar uchun qulay yashash sharoitlarini yaratish hamda hudud infratuzilmasini yanada rivojlantirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

📝 Har bir murojaat alohida ko‘rib chiqilib, ularni qonunchilik doirasida hal etish yuzasidan mas’ul tashkilotlarga tegishli topshiriqlar berildi. Ayrim masalalar joyida hal etilib, huquqiy tushuntirishlar berilgan bo‘lsa, qo‘shimcha o‘rganishni talab etadigan murojaatlar deputatlik nazoratiga olinib, ijrosi yuzasidan aniq choralar belgilandi.

🌿 Tashrif davomida mahalla hududida amalga oshirilayotgan obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlari ham ko‘zdan kechirildi. Yashil maydonlarni kengaytirish, ekologik barqarorlikni ta’minlash hamda fuqarolar uchun sog‘lom va qulay yashash muhitini yaratishga qaratilgan ishlarni izchil davom ettirish yuzasidan mas’ullar bilan fikr almashildi.

✅ Ta’kidlanganidek, fuqarolar bilan doimiy ochiq muloqot olib borish, ularning murojaatlarini joyiga chiqib o‘rganish va amaliy yechim topish mahalliy Kengash deputatlarining eng muhim vazifalaridan biri bo‘lib, bu boradagi ishlar izchil davom ettiriladi.

📱 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook 📱 YouTube 🔎 E-kengash

Slide 1 of 4