Bozorlardagi narx-navo barqarorligi va mahsulotlar sifati deputatlar e’tiborida
Bozorlardagi narx-navo barqarorligi va mahsulotlar sifati deputatlar e’tiborida
Bugun aholining kundalik ehtiyojlari uchun eng zarur bo‘lgan oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi mahsulotlari narxlarining asossiz oshib ketishining oldini olish, bozorlarda yaratilgan sharoitlarni ko‘zdan kechirish maqsadida navbatdagi o‘rganish ishlari olib borildi.
O‘rganish jarayonida XDP tuman Kengashi raisi Z.Norova hamda Xalq deputatlari tuman Kengashi deputatlari G.Kenjayeva va N.Turayevlar tumandagi markaziy dehqon bozorida bo‘lishdi.
🔎 Deputatlar tomonidan quyidagi masalalarga alohida e’tibor qaratildi:
Go'sh, guruch, kartoshka, piyoz va boshqa ijtimoiy muhim turdagi mahsulotlarning narxlari;
Rastalardagi narxnomalarning mavjudligi va ularning haqiqiy narxga mosligi;
Sotuvchilar va xaridorlar uchun yaratilgan sanitariya-gigiyena sharoitlari.
O‘rganish davomida deputatlarimiz ham sotuvchilar, ham xaridorlar bilan bevosita muloqot qilib, ularning fikr va takliflarini tingladilar.