Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Sessiya kun tartibidagi masalalar joyiga chiqib o‘rganilmoqda
янв.21
Sessiya kun tartibidagi masalalar joyiga chiqib o‘rganilmoqda
янв.21
DEPUTATLIK SO‘ROVIGA RASMIY JAVOB BERILDI
янв.21
Sariosyo MFYda jinoyatchilik profilaktikasi va qonunchilik targ‘iboti o‘rganildi
янв.21
82-sonli maktabdagi qurilish ishlari mas’ullar va deputat nazoratida
янв.21
Tumanimizda tibbiyot muassasasi faoliyati o‘rganilib, qonun targ‘iboti o‘tkazildi
янв.21
Varganza mahallasidagi ishlar holati ko‘zdan kechirildi
янв.21
Bozorlardagi narx-navo barqarorligi va mahsulotlar sifati deputatlar e’tiborida
янв.21
Deputatlar va soha mutasaddilari madaniyat maskani faoliyati bilan tanishdilar
янв.21
Alaquyliq mahalla fuqarolar yig'ini yettiligi faoliyati o'rganildi
Deputat so‘rovlari ijrosi yuzasidan o‘rganish ishlari olib borildi

Xalq deputatlari Nurobod tumani Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi G.Mahammadieva tomonidan Nurobod tumani hokimining qurilish, to‘siqlarsiz muhit yaratish, kommunikatsiyalar, kommunal xo‘jalik, ekologiya va ko‘kalamzorlashtirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari – tuman Obodonlashtirish boshqarmasi boshlig‘i M.Ibodullayev kompleksiga kiruvchi tashkilotlarga yuborilgan deputat so‘rovlarining ijrosi yuzasidan o‘rganish ishlari olib borildi.

⚡️ O‘rganish jarayonida tuman hokimligining qurilish, kommunikatsiyalar, kommunal xo‘jalik, ekologiya va ko‘kalamzorlashtirish masalalari bo‘yicha bosh mutaxassisi J.Mallaev bilan hamkorlikda kompleksga tegishli bo‘lgan jami 47 ta deputat so‘rovining ijrosi atroflicha tahlil qilindi.

⚡️Tahlil natijalariga ko‘ra, yuborilgan deputat so‘rovlarining:

⚡️27 tasi elektr energiyasi, tabiiy gaz va ichimlik suvi ta’minoti bilan bog‘liq masalalarga;
⚡️20 tasi qurilish, obodonlashtirish va ichki yo‘llarni ta’mirlash masalalariga taalluqli ekanligi aniqlandi.

➡️O‘rganish davomida mazkur deputat so‘rovlarining barchasi qonunchilikda belgilangan muddatlarda ijro etilgani va tegishli javob xatlari taqdim etilgani qayd etildi.

➡️Shu bilan birga, ayrim murojaatlar bo‘yicha masalalarning ijobiy hal etilishi qo‘shimcha vaqt va mablag‘ talab etishi, ayrim muammolarni bosqichma-bosqich bartaraf etish zarurligi yuzasidan mas’ul tashkilotlar tomonidan batafsil tushuntirishlar berildi.

⚡️O‘rganish yakunlari bo‘yicha deputat so‘rovlarining natijadorligini yanada oshirish, aholi muammolarini tizimli hal etish, mavjud kamchiliklarni bartaraf etish hamda mutasaddi tashkilotlar bilan hamkorlikni kuchaytirish yuzasidan tegishli taklif va tavsiyalar ishlab chiqildi.

⚡️Xalq deputatlari Nurobod tumani Kengashi tomonidan deputat so‘rovlarining ijrosini ta’minlash, aholi murojaatlarini o‘z vaqtida ko‘rib chiqish va hududlardagi dolzarb muammolarni hal etish masalalari doimiy nazoratda saqlanmoqda.

Slide 1 of 3