Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Sessiya kun tartibidagi masalalar joyiga chiqib o‘rganilmoqda
янв.21
Sessiya kun tartibidagi masalalar joyiga chiqib o‘rganilmoqda
янв.21
DEPUTATLIK SO‘ROVIGA RASMIY JAVOB BERILDI
янв.21
Sariosyo MFYda jinoyatchilik profilaktikasi va qonunchilik targ‘iboti o‘rganildi
янв.21
82-sonli maktabdagi qurilish ishlari mas’ullar va deputat nazoratida
янв.21
Tumanimizda tibbiyot muassasasi faoliyati o‘rganilib, qonun targ‘iboti o‘tkazildi
янв.21
Varganza mahallasidagi ishlar holati ko‘zdan kechirildi
янв.21
Bozorlardagi narx-navo barqarorligi va mahsulotlar sifati deputatlar e’tiborida
янв.21
Deputatlar va soha mutasaddilari madaniyat maskani faoliyati bilan tanishdilar
янв.21
Alaquyliq mahalla fuqarolar yig'ini yettiligi faoliyati o'rganildi
Deputatlik nazorat-tahlil tadbirlari

Tuman Kengashining navbatdagi sessiyasi kun tartibiga kiritilishi rejalashtirilgan masala yuzasidan deputatlar tomonidan o‘rganishlar o‘tkazildi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 28-martdagi PQ–141-son qarori ijrosini ta’minlash maqsadida Islom taraqqiyot banki ishtirokida BMT Taraqqiyot dasturi bilan hamkorlikda amalga oshirilayotgan “Qishloq joylarni kompleks rivojlantirish” loyihasi doirasida Muzrabot tumanida keng ko‘lamli bunyodkorlik va obodonlashtirish ishlari davom etmoqda.

Davlat dasturlari doirasida amalga oshirilayotgan qurilish-ta’mirlash ishlarining borishi va sifatini o‘rganish maqsadida Xalq deputatlari Muzrabot tumani Kengashi kotibiyati mudiri Dilmurod Sherboyev hamda tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi B.Xoliqov tomonidan “Chegarachi” mahallasida o‘rganish ishlari olib borildi.
Muzrabot tumani markazidan 60 kilometr uzoqlikda joylashgan Chegarachi mahallasining Qorakamar qishlog‘i aholisi uchun uzoq kutilgan quvonchli kunlar keldi.

Afg‘oniston va Turkmaniston davlatlari bilan chegaradosh hududda joylashgan ushbu qishloqda yillar davomida aholi uchun eng dolzarb masalalardan biri — yo‘llar muammosi bo‘lib kelgan. Ko‘p yillar davomida qishloq ahli tosh va tuproq yo‘llardan foydalanib, manzillariga qatnab kelgan.

Bugungi kunda esa yurtimizda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli bunyodkorlik ishlari, xususan, Prezidentimiz tashabbusi bilan olib borilayotgan islohotlar eng chekka hududlargacha yetib bormoqda.

Jumladan, PQ–141-son qaroriga asosan  Qorakamar qishlog‘ining asosiy 3 kilometr yo‘l qismi asfalt qoplamasi bilan yangilanib, qolgan ichki ko‘chalariga tosh yotqizilib, tekislash ishlari amalga oshirildi.

Bu esa qishloq aholisi uchun nafaqat qulaylik, balki yillar davomida kutilgan katta yangilanish bo‘ldi.

Chekka hududlarda amalga oshirilayotgan bunday bunyodkorlik ishlari inson qadri, aholi farovonligi va hududlar taraqqiyotiga qaratilgan e’tiborning amaliy ifodasidir.

Slide 1 of 5