#Qonun_ijrosi
Deputatlar tomonidan O‘zbekiston Respublikasining “O‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalariga hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarga bo‘lgan huquqlarni e’tirof etish to‘g‘risida”gi O‘RQ-937-sonli Qonuni ijrosi yuzasidan Payariq tumanida amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi.
Xalq deputatlari Samarqand viloyati Kengashi deputatlari Z.Yusupova va S.Norboyeva hamda tuman Kengashi deputati N.Ochilovalar tomonidan Davlat Kadastrlar palatasi Payariq tumani filialida Qonun ijrosi yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi.
O‘rganish davomida fuqarolar tomonidan o‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalari hamda ularda qurilgan bino va inshootlarga bo‘lgan huquqlarni e’tirof etish bo‘yicha olib borilayotgan xatlov va hujjatlashtirish ishlari ko‘zdan kechirildi.
🔰Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating:
Telegram | Veb-Sayt| Facebook|instagram |You tube|