Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Tumanimizda tibbiyot muassasasi faoliyati o‘rganilib, qonun targ‘iboti o‘tkazildi
янв.21
Varganza mahallasidagi ishlar holati ko‘zdan kechirildi
янв.21
Bozorlardagi narx-navo barqarorligi va mahsulotlar sifati deputatlar e’tiborida
янв.21
Deputatlar va soha mutasaddilari madaniyat maskani faoliyati bilan tanishdilar
янв.21
Alaquyliq mahalla fuqarolar yig'ini yettiligi faoliyati o'rganildi
янв.21
Denov mahalla fuqarolar yig'ini yettiligi faoliyati o'rganildi
янв.21
📌 Xiyobonlar holati va attraksionlar xavfsizligi e’tibor markazida
янв.21
Xalq deputatlari Kitob tuman Kengashining VII-Chaqiriq 18-sessiyasi
янв.21
⚡️ FARZANDLARIMIZNING AXBOROT XAVFSIZLIGI — DOLZARB VAZIFA
янв.21
KITOB TUMANI MARKAZIY SHIFOXONASIDA O'RGANISH ISHLARI OLIB BORILDI
18-Hazortut okrugi deputati, mahalla profilmktika inspektori, xotin - qizlar faoli bilan xotin qizlar muammolari o’tganish va bandligini ta’minlashga ko’maklashish yuzasidan manzilli o’rganish o’tkazdi.

18-Hazortut saylov okrugi deputati M.Jumayeva Hazortut mahalla profilaktika inspektori hamda xotin-qizlar faoli bilan birgalikda mahallada istiqomat qiluvchi xotin-qizlar holidan xabar olish, ularni qiynayotgan muammolarni aniqlash va hal etish yuzasidan manzilli o’rganishlar o’tkazdi.
O’rganishlar davomida xotin-qizlarning ijtimoiy ahvoli, bandligi, kasb-hunarga bo’lgan qiziqishi hamda tadbirkorlik faoliyatini yo’lga qo’yish istaklari atroflicha o’rganildi. Ayniqsa, doimiy ish bilan ta’minlanmagan fuqarolarning bandligini ta’minlash, ularni kasb-hunar o’quv kurslariga jalb qilish va o’zini o’zi band qilish imkoniyatlaridan samarali foydalanish bo’yicha amaliy tavsiyalar berildi.
Shuningdek, har bir fuqaro bilan alohida suhbatlar o’tkazilib, ularni tashvishga solayotgan ijtimoiy, iqtisodiy va oilaviy muammolar tinglandi. Murojaatlar yuzasidan zarur tushuntirishlar berilib, ayrim masalalarni joyida hal etish choralari ko’rildi. Qo’shimcha o’rganish talab etiladigan muammolar esa tegishli mutasaddi tashkilotlar bilan hamkorlikda ijobiy hal etish uchun nazoratga olindi.
Bundan tashqari, tomorqa yer maydonlaridan unumli foydalanish, issiqxona tashkil etish, tikuvchilik, hunarmandchilik va chorvachilik faoliyati bilan shug’ullanish orqali oila daromadini oshirish imkoniyatlari muhokama qilindi. Aniqlangan muammolarni hal etish bo’yicha tegishli taklif va tavsiyalar ishlab chiqildi.
Mazkur manzilli o’rganishlar va ochiq muloqotlar xotin-qizlarni qo’llab-quvvatlash, ularning bandligini ta’minlash hamda hayot sifati va turmush farovonligini yanada oshirishga xizmat qilmoqda.

Slide 1 of 1