Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Tumanimizda tibbiyot muassasasi faoliyati o‘rganilib, qonun targ‘iboti o‘tkazildi
янв.21
Varganza mahallasidagi ishlar holati ko‘zdan kechirildi
янв.21
Bozorlardagi narx-navo barqarorligi va mahsulotlar sifati deputatlar e’tiborida
янв.21
Deputatlar va soha mutasaddilari madaniyat maskani faoliyati bilan tanishdilar
янв.21
Alaquyliq mahalla fuqarolar yig'ini yettiligi faoliyati o'rganildi
янв.21
Denov mahalla fuqarolar yig'ini yettiligi faoliyati o'rganildi
янв.21
📌 Xiyobonlar holati va attraksionlar xavfsizligi e’tibor markazida
янв.21
Xalq deputatlari Kitob tuman Kengashining VII-Chaqiriq 18-sessiyasi
янв.21
⚡️ FARZANDLARIMIZNING AXBOROT XAVFSIZLIGI — DOLZARB VAZIFA
янв.21
KITOB TUMANI MARKAZIY SHIFOXONASIDA O'RGANISH ISHLARI OLIB BORILDI
YOSHLAR KELAJAGIMIZ: 10-SON MAKTABDA “90 KUNLIK YOSHLAR TADBIRI” BOʻLIB OʻTDI

Urganch shahridagi 10-sonli umumtaʼlim maktabida yoshlarning iqtidorini yuzaga chiqarish, ularni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash va boʻsh vaqtlarini mazmunli tashkil etishga qaratilgan “90 kunlik yoshlar tadbiri” doirasida uchrashuv tashkil etildi.

Mazkur tadbirda Xalq deputatlari Urganch shahar Kengashi deputati N.Sharipova ishtirok etib, bugungi kunda mamlakatimizda yoshlarga oid davlat siyosati darajasida koʻrsatilayotgan yuksak eʼtibor, taʼlim va sport yoʻnalishlarida yaratilayotgan keng imkoniyatlar haqida alohida toʻxtalib oʻtdi.

Uchrashuv davomida oʻquvchi-yoshlarning kelajakdagi rejalari, intilishlari hamda ularni qiziqtirayotgan masalalar yuzasidan ochiq muloqot oʻtkazildi. Deputat yoshlarning taklif va tashabbuslarini tinglab, ularni har tomonlama qoʻllab-quvvatlashga tayyorligini bildirdi.