Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Varganza mahallasidagi ishlar holati ko‘zdan kechirildi
янв.21
Bozorlardagi narx-navo barqarorligi va mahsulotlar sifati deputatlar e’tiborida
янв.21
Deputatlar va soha mutasaddilari madaniyat maskani faoliyati bilan tanishdilar
янв.21
Alaquyliq mahalla fuqarolar yig'ini yettiligi faoliyati o'rganildi
янв.21
Denov mahalla fuqarolar yig'ini yettiligi faoliyati o'rganildi
янв.21
📌 Xiyobonlar holati va attraksionlar xavfsizligi e’tibor markazida
янв.21
Xalq deputatlari Kitob tuman Kengashining VII-Chaqiriq 18-sessiyasi
янв.21
⚡️ FARZANDLARIMIZNING AXBOROT XAVFSIZLIGI — DOLZARB VAZIFA
янв.21
KITOB TUMANI MARKAZIY SHIFOXONASIDA O'RGANISH ISHLARI OLIB BORILDI
янв.21
Kitob tumanida yangi xususiy klinika faoliyati o‘rganildi
📌DEPUTAT SO‘ROVI CHIQARILDI

Ma’lumki, hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturlarini o‘rganish hamda yosh avlod vakillarini har tomonlama yetuk shaxs sifatida shakllanishiga ko‘maklashish maqsadida deputatlik nazorati tadbirlari o‘tkazilib kelinmoqda.

Navbatdagi uchrashuvlar davomida Urganch shahar, “Kamolot” mahallasi fuqarolari va shu hududda faoliyat ko‘rsatayotgan ishchi-xodimlar tomonidan o‘rinli e’tirozlar va murojaat kelib tushdi.

Murojaatda keltirilishicha, mahalla binosining ro‘parasidagi yo‘lning qatnov qismiga jamoat transporti (avtobus) to‘xtashi uchun maxsus yo‘l belgisi o‘rnatilgan. Biroq, transport vositalari qatnovi zichligi va yo‘lning o‘tkazuvchanlik imkoniyati hisobga olinmaganligi sababli, mazkur yo‘l belgisi bu yerda ishlovchi va istiqomat qiluvchi fuqarolarning harakatlanishiga jiddiy noqulayliklar tug‘dirmoqda.

Hozirda mazkur masala bo‘yicha Urganch shahar IIB yo‘l harakati xafvsizligi bo‘limi boshligi A.Satimovga 119-ds-449-26-sonli deputat so‘rovi chiqarildi.