Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Varganza mahallasidagi ishlar holati ko‘zdan kechirildi
янв.21
Bozorlardagi narx-navo barqarorligi va mahsulotlar sifati deputatlar e’tiborida
янв.21
Deputatlar va soha mutasaddilari madaniyat maskani faoliyati bilan tanishdilar
янв.21
Alaquyliq mahalla fuqarolar yig'ini yettiligi faoliyati o'rganildi
янв.21
Denov mahalla fuqarolar yig'ini yettiligi faoliyati o'rganildi
янв.21
📌 Xiyobonlar holati va attraksionlar xavfsizligi e’tibor markazida
янв.21
Xalq deputatlari Kitob tuman Kengashining VII-Chaqiriq 18-sessiyasi
янв.21
⚡️ FARZANDLARIMIZNING AXBOROT XAVFSIZLIGI — DOLZARB VAZIFA
янв.21
KITOB TUMANI MARKAZIY SHIFOXONASIDA O'RGANISH ISHLARI OLIB BORILDI
янв.21
Kitob tumanida yangi xususiy klinika faoliyati o‘rganildi
INFRATUZILMA LOYIHALARINING IJROSI DEPUTATLAR EʼTIBORIDA

 INFRATUZILMA LOYIHALARINING IJROSI DEPUTATLAR EʼTIBORIDA

Mamlakatimizda “Kambagʻallikdan farovonlik sari” dasturi doirasida aholi
bandligini taʼminlash, tadbirkorlikni rivojlantirish, ijtimoiy himoyaga muhtoj
oilalarni qoʻllab-quvvatlash hamda fuqarolarning farovonligini oshirishga
alohida eʼtibor qaratilmoqda.


Mazkur yoʻnalishdagi ishlarni yanada takomillashtirish maqsadida Oʻzbekiston
Respublikasi Prezidentining 2025-yil 30-yanvardagi “Aholini ijtimoiy himoya
qilish tizimini moliyalashtirish tartib-taomillarini takomillashtirish
toʻgʻrisida”gi PF-17-son Farmon qabul qilinib, aholini ijtimoiy
qoʻllab-quvvatlash va kambagʻallikni qisqartirish boʻyicha yangi mexanizmlar
joriy etildi va ushbu farmon ijrosi doirasida tumanda qator amaliy ishlar
bajarilmoqda.


Xalq deputatlari Quva tuman Kengashi kotibiyati mudiri R.Nodirov, hududdan
saylangan deputat M.Axmadaliyeva hamda Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi
M.Toʻxtasinovlar tomonidan tumandagi Madaniyat mahalla fuqarolar yigʻini
hududida joylashgan Hurriyat koʻchasining 710 metr uzunlikdagi qismida olib
borilayotgan asfaltlashtirish ishlari oʻrganildi.


Mazkur loyiha tuman hokimligi huzuridagi “Infratuzilma va ijtimoiy barqarorlik”
jamgʻarmasi hisobidan ajratilgan mablagʻlar hamda mahalla homiylari tomonidan
shakllantirilgan qoʻshimcha mablagʻlar asosida amalga oshirilmoqda. Oʻrganishlar davomida qurilish-montaj ishlarining sifati, belgilangan
meʼyor va talablarga muvofiqligi, shuningdek, ishlarning bajarilish surʼati
koʻzdan kechirildi.


Taʼkidlanganidek, mazkur koʻchani asfaltlashtirish aholi uchun qulay va xavfsiz
harakatlanish sharoitini yaratish, ichki yoʻllar infratuzilmasini yaxshilash
hamda mahalla obodligini taʼminlashda muhim ahamiyat kasb etadi. Shu bilan
birga, aholi tomonidan bildirilgan taklif va mulohazalar ham oʻrganilib,
qurilish ishlarini sifatli va oʻz vaqtida yakunlash yuzasidan masʼullarga
tegishli tavsiyalar berildi.
  

Slide 1 of 9