Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
📌 Xiyobonlar holati va attraksionlar xavfsizligi e’tibor markazida
янв.21
Xalq deputatlari Kitob tuman Kengashining VII-Chaqiriq 18-sessiyasi
янв.21
⚡️ FARZANDLARIMIZNING AXBOROT XAVFSIZLIGI — DOLZARB VAZIFA
янв.21
KITOB TUMANI MARKAZIY SHIFOXONASIDA O'RGANISH ISHLARI OLIB BORILDI
янв.21
Kitob tumanida yangi xususiy klinika faoliyati o‘rganildi
янв.21
🛣 Xalqlar do‘stligi mahalla fuqarolar yig'inida yo‘llar ta’mirlanmoqda.
янв.21
🛡 KIBERXAVFSIZLIK — DAVR TALABI VA HUQUQIY KAFOLATIMIZ
янв.21
Farmatsevtika sohasida yangi huquqiy tartiblar: Qonunchilikka o‘zgartishlar kiritildi
янв.21
MAKTAB – KELAJAK POYDEVORI: YANGI BINOLAR VA SHAROITLAR KO‘ZDAN KECHIRILDI
янв.21
🏟 Sport sohasidagi islohotlar va yangi qonun ijrosi o‘rganilmoqda
Hududlarda infratuzilma bilan bog‘liq muammolarni aniqlash va ularni bartaraf etish yuzasidan olib borilayotgan o‘rganishlar doirasida Marg‘ilon shahridagi Mustaqillik mahalla fuqarolar yig‘inida navbatdagi monitoring ishlari amalga oshirildi.

Xususan, kotibiyat mudiri A.Ermatov hamda doimiy komissiya raislari X.Abduraxmonov va A.Mahkamov mahalla raisi hamrohligida hududdagi Sokin ko‘chasida bo‘lib, ko‘chani asfaltlashtirish masalasi yuzasidan o‘rganish olib bordilar.

O‘rganish davomida mazkur ko‘chada yo‘l infratuzilmasining qatnov qismida nosozliklar yuzaga kelgani va bu holat aholi uchun noqulaylik tug‘dirayotgani aniqlandi. Ayniqsa, yog‘ingarchilik mavsumida yo‘lning yaroqsiz holga kelishi fuqarolar murojaatlarining ko‘payishiga sabab bo‘lmoqda.

Masala yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 11-oktabrdagi 665-sonli “Shaharlar va boshqa aholi punktlari ko‘chalari hamda ichki xo‘jalik yo‘llari infratuzilmasini yanada takomillashtirish to‘g‘risida”gi qarori mazmun-mohiyati atroflicha o‘rganildi.

Mazkur qarorda ichki yo‘llarni saqlash va joriy ta’mirlash ishlarini mahalliy budjet mablag‘lari hisobidan moliyalashtirish, manzilli ro‘yxatlar asosida yo‘llarni ta’mirlash hamda avariya holatlarida qo‘shimcha obyektlarni dasturga kiritish tartiblari aniq belgilab berilgan.

Shuningdek, qarorda tuman va shahar obodonlashtirish boshqarmalari tomonidan ichki yo‘llarning texnik holatini o‘rganish, nuqson dalolatnomalarini shakllantirish hamda xalq deputatlari mahalliy Kengashlari orqali manzilli ro‘yxatlarni tasdiqlash mexanizmlari ko‘zda tutilgan.

O‘rganish yakunlariga ko‘ra, Sokin ko‘chasini asfaltlashtirish va muammoni tizimli hal etish maqsadida shahar hokimining tegishli o‘rinbosariga deputat so‘rovi yuborilishi belgilandi. Mazkur deputatlik so‘rovida hududdagi mavjud holat, fuqarolar murojaatlari hamda yo‘lni ta’mirlash bo‘yicha amaliy choralarni ko‘rish masalalari aks ettirilishi kutilmoqda.

Slide 1 of 4