Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
📌 Xiyobonlar holati va attraksionlar xavfsizligi e’tibor markazida
янв.21
Xalq deputatlari Kitob tuman Kengashining VII-Chaqiriq 18-sessiyasi
янв.21
⚡️ FARZANDLARIMIZNING AXBOROT XAVFSIZLIGI — DOLZARB VAZIFA
янв.21
KITOB TUMANI MARKAZIY SHIFOXONASIDA O'RGANISH ISHLARI OLIB BORILDI
янв.21
Kitob tumanida yangi xususiy klinika faoliyati o‘rganildi
янв.21
🛣 Xalqlar do‘stligi mahalla fuqarolar yig'inida yo‘llar ta’mirlanmoqda.
янв.21
🛡 KIBERXAVFSIZLIK — DAVR TALABI VA HUQUQIY KAFOLATIMIZ
янв.21
Farmatsevtika sohasida yangi huquqiy tartiblar: Qonunchilikka o‘zgartishlar kiritildi
янв.21
MAKTAB – KELAJAK POYDEVORI: YANGI BINOLAR VA SHAROITLAR KO‘ZDAN KECHIRILDI
янв.21
🏟 Sport sohasidagi islohotlar va yangi qonun ijrosi o‘rganilmoqda
SPORT — YOSHLAR KAMOLOTI VA SOG‘LOM TURMUSH GAROVI

Xalq deputatlari Hazorasp tuman Kengashi Kotibiyat mudiri Vaisov Mash’al Islomovich tashabbusi bilan xalq deputatlari Hazorasp tuman Kengashi deputatlari Abdukarimov Valibek Erkaboevich, Atanazarova Manzura Rajabboevna hamda Ataboev Sarvarbek Baxodirovichlar tomonidan Hazorasp tumani
👉Al-Xorazmiy mahallasida joylashgan 21-son umumta’lim maktabining sport zali va sport anjomlari holati o‘rganildi.
📝O‘rganish davomida sport zalining bugungi holati, o‘quvchilar uchun yaratilgan sharoitlar, mavjud sport jihozlari va ulardan foydalanish darajasi atroflicha ko‘zdan kechirildi. Shuningdek, sport mashg‘ulotlarini samarali tashkil etish, yoshlarni sportga keng jalb qilish hamda sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
📁Deputatlar tomonidan sport anjomlarini yangilash, ayrim jihozlarni ta’mirlash hamda sport zalidagi mavjud kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha tegishli tavsiya va takliflar bildirildi. Ta’kidlanganidek, yosh avlodning jismoniy va ma’naviy barkamolligini ta’minlashda ta’lim muassasalaridagi sport infratuzilmasini yaxshilash muhim ahamiyat kasb etadi.

💼Mazkur o‘rganish ishlari kelgusida yoshlar uchun yanada qulay va zamonaviy sport sharoitlarini yaratishga xizmat qiladi.

Slide 1 of 1