Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Beshariq saylov okrugida tibbiy xizmat sifati o‘rganildi
янв.21
Sessiya kun tartibidagi masalalar joyiga chiqib o‘rganilmoqda
янв.21
Sessiya kun tartibidagi masalalar joyiga chiqib o‘rganilmoqda
янв.21
DEPUTATLIK SO‘ROVIGA RASMIY JAVOB BERILDI
янв.21
Sariosyo MFYda jinoyatchilik profilaktikasi va qonunchilik targ‘iboti o‘rganildi
янв.21
82-sonli maktabdagi qurilish ishlari mas’ullar va deputat nazoratida
янв.21
Tumanimizda tibbiyot muassasasi faoliyati o‘rganilib, qonun targ‘iboti o‘tkazildi
янв.21
Varganza mahallasidagi ishlar holati ko‘zdan kechirildi
янв.21
Bozorlardagi narx-navo barqarorligi va mahsulotlar sifati deputatlar e’tiborida
янв.21
Deputatlar va soha mutasaddilari madaniyat maskani faoliyati bilan tanishdilar
#Doimiy komissiya yig‘ilishi

          Xalq deputatlari Jalaquduq tuman Kengashining haftalik ish rejasiga asosan Mаҳalliy бюджет, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Yig‘ilishda tuman Soliq inspeksiyasining 2026 yil 1-choragi davomida mahalliy byudjet ijrosini ta’minlash, soliq tushumlarini oshirish hamda iqtisodiy barqarorlikni mustahkamlash bo‘yicha amalga oshirilgan ishlari yuzasidan hisoboti eshitildi. Yig‘ilish davomida dastlabki uch oyda mahalliy byudjetga tushgan daromadlar, belgilangan prognoz ko‘rsatkichlarining bajarilishi, soliq va majburiy to‘lovlarning undirilish holati atroflicha tahlil qilindi. Shuningdek, qo‘shimcha daromad manbalarini aniqlash, soliq bazasini kengaytirish, byudjet tushumlarini oshirish hamda tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar muhokama etildi.Tuman Soliq inspeksiyasi mutasaddilari tomonidan soliq qarzdorligini qisqartirish, yashirin iqtisodiyotga qarshi kurashish, yer va mol-mulk solig‘i tushumlarini oshirish hamda yangi tadbirkorlik subyektlarini
ro‘yxatdan o‘tkazish orqali byudjet daromadlarini mustahkamlash bo‘yicha ma’lumotlar berildi. Komissiya a’zolari tomonidan hisobot yuzasidan savollar berilib, mavjud muammo va kamchiliklar muhokama qilindi. Yig‘ilish yakunida byudjet ijrosini ta’minlash, daromadlar bazasini kengaytirish, soliq intizomini mustahkamlash hamda aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha mas’ullarga aniq vazifalar yuklatildi. Shuningdek, yig‘ilishda tuman Kengashi huzuridagi “Yoshlar maslahat guruhi” a’zolari ham ishtirok etdilar.
 

   

Slide 1 of 4