Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Sessiya kun tartibidagi masalalar joyiga chiqib o‘rganilmoqda
янв.21
Sessiya kun tartibidagi masalalar joyiga chiqib o‘rganilmoqda
янв.21
DEPUTATLIK SO‘ROVIGA RASMIY JAVOB BERILDI
янв.21
Sariosyo MFYda jinoyatchilik profilaktikasi va qonunchilik targ‘iboti o‘rganildi
янв.21
82-sonli maktabdagi qurilish ishlari mas’ullar va deputat nazoratida
янв.21
Tumanimizda tibbiyot muassasasi faoliyati o‘rganilib, qonun targ‘iboti o‘tkazildi
янв.21
Varganza mahallasidagi ishlar holati ko‘zdan kechirildi
янв.21
Bozorlardagi narx-navo barqarorligi va mahsulotlar sifati deputatlar e’tiborida
янв.21
Deputatlar va soha mutasaddilari madaniyat maskani faoliyati bilan tanishdilar
янв.21
Alaquyliq mahalla fuqarolar yig'ini yettiligi faoliyati o'rganildi
#Deputatlik so‘rovi ijrosi

               Xalq deputatlari Jalaquduq tuman Kengashi deputati Yo. Tajibayeva tomonidan Sharchoncheki MFY Yangioobod ko‘chasi ichki yo‘lini ta’mirlash yuzasidan yuborilgan deputatlik so‘rovi ijrosi doirasida tuman Obodonlashtirish boshqarmasi mas’ullari ishtirokida amaliy uchrashuv tashkil etildi.Uchrashuv davomida mazkur hududdagi ichki yo‘lning hozirgi holati joyiga chiqib o‘rganildi. Aholining kundalik harakatlanishi uchun yaratilgan sharoitlar, mavjud muammo va kamchiliklar hamda yo‘lning texnik holati batafsil tahlil qilindi. Shu bilan birga, ta’mirlash ishlarini amalga oshirish uchun zarur texnik va tashkiliy imkoniyatlar ham muhokama etildi. Muloqot jarayonida yo‘l infratuzilmasini bosqichma-bosqich yaxshilash, mavjud muammolarni tizimli ravishda bartaraf etish hamda aholi murojaatlariga
tezkorlik bilan munosabat bildirish masalalari yuzasidan fikr almashildi. Mutasaddilar tomonidan ta’mirlash ishlarini rejalashtirilgan tartibda amalga oshirish bo‘yicha dastlabki taklif va yo‘nalishlar ilgari surildi. Shuningdek, deputatlik so‘rovi ijrosini ta’minlash jarayonida aholi bilan doimiy muloqotni yo‘lga qo‘yish, hududdagi infratuzilmani yaxshilash bo‘yicha bosqichma-bosqich amaliy chora-tadbirlarni belgilash zarurligi ta’kidlandi. Yig‘ilish yakunida mas’ullarga o‘rganish natijalari asosida aniq takliflar ishlab chiqish hamda muammoni ijobiy hal etish bo‘yicha tegishli vazifalar belgilab berildi.
  

Slide 1 of 3