Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Tumanimizda tibbiyot muassasasi faoliyati o‘rganilib, qonun targ‘iboti o‘tkazildi
янв.21
Varganza mahallasidagi ishlar holati ko‘zdan kechirildi
янв.21
Bozorlardagi narx-navo barqarorligi va mahsulotlar sifati deputatlar e’tiborida
янв.21
Deputatlar va soha mutasaddilari madaniyat maskani faoliyati bilan tanishdilar
янв.21
Alaquyliq mahalla fuqarolar yig'ini yettiligi faoliyati o'rganildi
янв.21
Denov mahalla fuqarolar yig'ini yettiligi faoliyati o'rganildi
янв.21
📌 Xiyobonlar holati va attraksionlar xavfsizligi e’tibor markazida
янв.21
Xalq deputatlari Kitob tuman Kengashining VII-Chaqiriq 18-sessiyasi
янв.21
⚡️ FARZANDLARIMIZNING AXBOROT XAVFSIZLIGI — DOLZARB VAZIFA
янв.21
KITOB TUMANI MARKAZIY SHIFOXONASIDA O'RGANISH ISHLARI OLIB BORILDI
27-sonli maktabdagi o‘quvchilar sig‘imi va sharoitlar o‘rganildi

 27-sonli maktabdagi o‘quvchilar sig‘imi va sharoitlar o‘rganildi 

  

Xalq deputatlari Oltiariq tuman Kengashi deputati R.Xolboboyev hamda tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi A.Turgʻunovlar ishtirokida hududdagi 27-sonli umumta’lim maktabida o‘rganish ishlari olib borildi. O‘rganish davomida maktabdagi mavjud sharoitlar, bolalarning sport bilan shug'ullanishlari uchun sharoitlar, o‘quv jarayonining tashkil etilishi hamda o‘quvchilar sig‘imiga oid holatlar ko‘zdan kechirildi. Ma’lum bo‘lishicha, maktab binosi jami 260 nafar o‘quvchiga mo‘ljallangan bo‘lib, bugungi kunda ushbu ta’lim maskanida
501 nafar o‘quvchi tahsil olmoqda. Bu esa maktabda o‘quvchilar sonining mavjud quvvatdan ancha ortib ketganini ko‘rsatmoqda.
Mazkur holatni inobatga olgan holda, maktab uchun qo‘shimcha yangi bino qurish
zarurligi qayd etildi hamda masala yuzasidan tegishli takliflar ishlab chiqilishi belgilandi.
  

Slide 1 of 3