Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Sariosyo MFYda jinoyatchilik profilaktikasi va qonunchilik targ‘iboti o‘rganildi
янв.21
82-sonli maktabdagi qurilish ishlari mas’ullar va deputat nazoratida
янв.21
Tumanimizda tibbiyot muassasasi faoliyati o‘rganilib, qonun targ‘iboti o‘tkazildi
янв.21
Varganza mahallasidagi ishlar holati ko‘zdan kechirildi
янв.21
Bozorlardagi narx-navo barqarorligi va mahsulotlar sifati deputatlar e’tiborida
янв.21
Deputatlar va soha mutasaddilari madaniyat maskani faoliyati bilan tanishdilar
янв.21
Alaquyliq mahalla fuqarolar yig'ini yettiligi faoliyati o'rganildi
янв.21
Denov mahalla fuqarolar yig'ini yettiligi faoliyati o'rganildi
янв.21
📌 Xiyobonlar holati va attraksionlar xavfsizligi e’tibor markazida
янв.21
Xalq deputatlari Kitob tuman Kengashining VII-Chaqiriq 18-sessiyasi
Kengash faoliyatidan

Kengash faoliyatidan
Xalq deputatlari Qo‘shko‘pir tuman Kengashi tomonidan hududda fuqarolarning ijtimoiy himoyasini kuchaytirish, aholi manfaatlarini ta’minlash hamda qonunlar ijrosini samarali nazorat qilish borasida tizimli ishlar olib borilmoqda.
Jumladan, tuman Kengashi kotibiyati xodimlari, deputat A. Erkinov hamda kotibiyat bosh mutaxassisi S. Matyaqubovalar tomonidan Pensiya jamg‘armasi Qo‘shko‘pir tuman bo‘limida “Fuqarolarning davlat pensiya ta’minoti to‘g‘risida”gi 1993-yil 3-sentabrdagi №938-XII-sonli O‘zbekiston Respublikasi Qonunining ijrosi yuzasidan o‘rganish ishlari amalga oshirildi.
O‘rganish davomida fuqarolarning pensiya ta’minoti sohasida olib borilayotgan ishlar, aholiga ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifati hamda qonunchilik ijrosining amaldagi holati tahlil qilindi.
Xalq deputatlari tuman Kengashi tomonidan bu kabi nazorat tadbirlari aholi farovonligini oshirish, inson qadri va ijtimoiy himoyani ta’minlash yo‘lidagi ustuvor vazifalarning amaliy ifodasi sifatida izchil davom ettirilmoqda.

Slide 1 of 1