Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
DEPUTATLIK SO‘ROVIGA RASMIY JAVOB BERILDI
янв.21
Sariosyo MFYda jinoyatchilik profilaktikasi va qonunchilik targ‘iboti o‘rganildi
янв.21
82-sonli maktabdagi qurilish ishlari mas’ullar va deputat nazoratida
янв.21
Tumanimizda tibbiyot muassasasi faoliyati o‘rganilib, qonun targ‘iboti o‘tkazildi
янв.21
Varganza mahallasidagi ishlar holati ko‘zdan kechirildi
янв.21
Bozorlardagi narx-navo barqarorligi va mahsulotlar sifati deputatlar e’tiborida
янв.21
Deputatlar va soha mutasaddilari madaniyat maskani faoliyati bilan tanishdilar
янв.21
Alaquyliq mahalla fuqarolar yig'ini yettiligi faoliyati o'rganildi
янв.21
Denov mahalla fuqarolar yig'ini yettiligi faoliyati o'rganildi
янв.21
📌 Xiyobonlar holati va attraksionlar xavfsizligi e’tibor markazida
Kengash_faoliyati

Viloyatimizda faoliyat olib borayotgan mahalliy Kengashlar faoliyatini yanada oshirish yuzasidan Kengash kotibiyati hodimlari ishtirokida navbatdagi yig'ilish bo'lib o'tdi

▫️Yig'ilish kun tartibida asosiy masala Kengashlar tomonidan hafta davomida amalga oshirilayotgan Ish rejadagi vazifalar, deputatlar faoliyatining eng muhim 24 ta yo'nalishi bo'yicha tavsiyalardan kelib chiqib, barcha deputatlar o'zlari saylangan saylov okruglarida deputatlik nazorat-tahlil tadbirlarini olib borish, saylovchilar bilan uchrashuvlar o'tkazish, 96 ta eng muhim qonunlar ijrosini o'rganish, mahalla yettiligi bilan hamkorlikni kengaytirish orqali muammolarni o'rganish kabi masalalar muhokama qilindi.

▫️Yig'ilishni xalq deputatlari Surxondaryo viloyati Kengashi kotibiyati mudiri Sherpo'lat Boyqulov olib bordi va vazifalar belgilab berdi. Kengash kotibiyati bosh mutaxassislari yo'l quyilayotgan kamchiliklar yuzasidan o'z fikrlarini bildirdi.

Shuningdek, xalq deputatlari tuman (shahar) Kengash kotibiyatlari mudirlarining hafta davomida amalga oshirilgan ishlari yuzasidan hisobotlari eshitildi.

Slide 1 of 1