Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
DEPUTATLIK SO‘ROVIGA RASMIY JAVOB BERILDI
янв.21
Sariosyo MFYda jinoyatchilik profilaktikasi va qonunchilik targ‘iboti o‘rganildi
янв.21
82-sonli maktabdagi qurilish ishlari mas’ullar va deputat nazoratida
янв.21
Tumanimizda tibbiyot muassasasi faoliyati o‘rganilib, qonun targ‘iboti o‘tkazildi
янв.21
Varganza mahallasidagi ishlar holati ko‘zdan kechirildi
янв.21
Bozorlardagi narx-navo barqarorligi va mahsulotlar sifati deputatlar e’tiborida
янв.21
Deputatlar va soha mutasaddilari madaniyat maskani faoliyati bilan tanishdilar
янв.21
Alaquyliq mahalla fuqarolar yig'ini yettiligi faoliyati o'rganildi
янв.21
Denov mahalla fuqarolar yig'ini yettiligi faoliyati o'rganildi
янв.21
📌 Xiyobonlar holati va attraksionlar xavfsizligi e’tibor markazida
Xalq deputatlari Boyovut tumani Kengashi

Kotibiyat ish rejasida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash, xususan xalq deputatlari Boyovut tumani Kengashi deputatlarining faoliyat samaradorligi ko‘rsatkichlari (KPI)ni yanada oshirish, topshiriqlarning sifatli va samarali bajarilishini ta’minlash hamda deputatlik faoliyatini takomillashtirish borasida tizimli ishlar amalga oshirilmoqda.

Shu munosabat bilan Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi A. Sharopov tomonidan deputat K. Karimova bilan uchrashuv tashkil etildi. Uchrashuv davomida deputatning joriy yil birinchi choragi mobaynida amalga oshirgan ishlari atroflicha tahlil qilinib, faoliyat natijalari yuzasidan muhokamalar olib borildi.

Xususan, doimiy komissiya bayonnomalarini yuritish tartibi, deputatlik hujjatlarini belgilangan talablar asosida rasmiylashtirish, KPI tizimidan samarali foydalanish hamda deputatlik faoliyatida ijro intizomini mustahkamlash masalalari yuzasidan fikr almashildi.

Shuningdek, deputatlik faoliyati samaradorligini yanada oshirish, aholining murojaatlari bilan ishlash sifatini yaxshilash hamda hujjatlar yuritilishini tizimli tashkil etish bo‘yicha tegishli tavsiya va ko‘rsatmalar berildi.

Slide 1 of 4