Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Tumanimizda tibbiyot muassasasi faoliyati o‘rganilib, qonun targ‘iboti o‘tkazildi
янв.21
Varganza mahallasidagi ishlar holati ko‘zdan kechirildi
янв.21
Bozorlardagi narx-navo barqarorligi va mahsulotlar sifati deputatlar e’tiborida
янв.21
Deputatlar va soha mutasaddilari madaniyat maskani faoliyati bilan tanishdilar
янв.21
Alaquyliq mahalla fuqarolar yig'ini yettiligi faoliyati o'rganildi
янв.21
Denov mahalla fuqarolar yig'ini yettiligi faoliyati o'rganildi
янв.21
📌 Xiyobonlar holati va attraksionlar xavfsizligi e’tibor markazida
янв.21
Xalq deputatlari Kitob tuman Kengashining VII-Chaqiriq 18-sessiyasi
янв.21
⚡️ FARZANDLARIMIZNING AXBOROT XAVFSIZLIGI — DOLZARB VAZIFA
янв.21
KITOB TUMANI MARKAZIY SHIFOXONASIDA O'RGANISH ISHLARI OLIB BORILDI
XOTIRA — MUQADDAS, QADR — AZIZ

XOTIRA — MUQADDAS, QADR — AZIZ
Bugun Urganch tumanida 9-may – Xotira va qadrlash kuni hamda Ikkinchi jahon urushida qozonilgan G‘alabaning 81 yilligi munosabati bilan ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar o‘tkazilmoqda.
Bayram munosabati bilan Xalq deputatlari tuman Kengashi raisi Sh.Xudayberganov hamda deputatlar Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari va front orti mehnat faxriylari xonadonlarida bo‘lib, ularga yuksak ehtirom ko‘rsatdilar.
Tashrif davomida:
• Muhtaram Prezidentimizning tabrigi va bayram sovg‘alari tantanali ravishda topshirildi;
• Nuroniy otaxon va onaxonlarimizning holidan xabar olinib, dildan suhbat qurildi;
• Yurtimiz tinchligi va farovonligi yo‘lida duolar qilindi.
"Bugun oramizda yashab kelayotgan urush va mehnat faxriylari — bizning faxrimiz, tinchligimiz timsolidir. Ularning matonati va jasorati kelajak avlod uchun hamisha ibrat maktabi bo‘lib xizmat qiladi."
Bu kabi tadbirlar nafaqat bayram arafasida, balki har doim keksa avlod vakillariga bo‘lgan e’tibor va g‘amxo‘rlikning amaliy ifodasi bo‘lib qoladi.

Slide 1 of 4