Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Varganza mahallasidagi ishlar holati ko‘zdan kechirildi
янв.21
Bozorlardagi narx-navo barqarorligi va mahsulotlar sifati deputatlar e’tiborida
янв.21
Deputatlar va soha mutasaddilari madaniyat maskani faoliyati bilan tanishdilar
янв.21
Alaquyliq mahalla fuqarolar yig'ini yettiligi faoliyati o'rganildi
янв.21
Denov mahalla fuqarolar yig'ini yettiligi faoliyati o'rganildi
янв.21
📌 Xiyobonlar holati va attraksionlar xavfsizligi e’tibor markazida
янв.21
Xalq deputatlari Kitob tuman Kengashining VII-Chaqiriq 18-sessiyasi
янв.21
⚡️ FARZANDLARIMIZNING AXBOROT XAVFSIZLIGI — DOLZARB VAZIFA
янв.21
KITOB TUMANI MARKAZIY SHIFOXONASIDA O'RGANISH ISHLARI OLIB BORILDI
янв.21
Kitob tumanida yangi xususiy klinika faoliyati o‘rganildi
"Tinchlik" mahallasidagi faoliyat ijobiy baholandi: Asosiy maqsad — aholi farovonligi

Yig‘ilish davomida mahalla raisi va "mahalla yettiligi" vakillarining bugungi kundagi faoliyati, aholi murojaatlari bilan ishlash tizimi hamda ijtimoiy-ma’naviy muhitni sog‘lomlashtirish borasidagi ishlari ko‘rib chiqildi.

✔️ Deputatlar mahalla vakillarining o‘tgan davr mobaynida amalga oshirgan ishlarini, xususan, aholi bilan yaqin muloqot o‘rnatilganligi va hududdagi ijtimoiy masalalarga tezkor yechim topilayotganini ijobiy baholadilar.

💬 Erishilgan natijalar bilan to‘xtab qolmasdan, ishlarni yanada jadallashtirish bo‘yicha quyidagi tavsiyalar berildi:

▶️ "Kambag‘allikdan farovonlik sari" dasturi doirasida xonadonbay o‘rganishlar sifatini oshirish;

▶️Mahalladagi ishsiz fuqarolar, ayniqsa yoshlar va ayollar bandligini ta’minlashga ko‘proq e’tibor qaratish;

▶️Hududni yanada obod qilish va aholi madaniyatini yuksaltirish bo‘yicha targ‘ibot ishlarini kuchaytirish.

💬"Mahalla faollarining jipsligi va fidoyiligi aholining hayotdan roziligini belgilaydi. 'Tinchlik' mahallasida shakllangan ish tizimi boshqalarga namuna bo‘la oladi. Endigi maqsad — bu sur’atni yanada oshirish," — deya ta’kidlashdi deputatlar.

Slide 1 of 2