Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
DEPUTATLIK SO‘ROVIGA RASMIY JAVOB BERILDI
янв.21
Sariosyo MFYda jinoyatchilik profilaktikasi va qonunchilik targ‘iboti o‘rganildi
янв.21
82-sonli maktabdagi qurilish ishlari mas’ullar va deputat nazoratida
янв.21
Tumanimizda tibbiyot muassasasi faoliyati o‘rganilib, qonun targ‘iboti o‘tkazildi
янв.21
Varganza mahallasidagi ishlar holati ko‘zdan kechirildi
янв.21
Bozorlardagi narx-navo barqarorligi va mahsulotlar sifati deputatlar e’tiborida
янв.21
Deputatlar va soha mutasaddilari madaniyat maskani faoliyati bilan tanishdilar
янв.21
Alaquyliq mahalla fuqarolar yig'ini yettiligi faoliyati o'rganildi
янв.21
Denov mahalla fuqarolar yig'ini yettiligi faoliyati o'rganildi
янв.21
📌 Xiyobonlar holati va attraksionlar xavfsizligi e’tibor markazida
Mahalla tizimidagi islohotlar ijrosi deputatlar tomonidan o‘rganildi

Unda Xalq deputatlari Termiz shahar Kengashi raisi D.Normuradova, Kengashning “Mahalliy budjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi” raisi, deputat A.Mustafakulov, kotibiyat mudiri A.Ashurov, doimiy komissiya a’zolari hamda bosh mutaxassis A.Temirov ishtirok etdilar.

💬 Nazorat-tahlil tadbirlari davomida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 21-dekabrdagi PQ-402-sonli “O‘zbekiston mahallalari uyushmasi faoliyatini yo‘lga qo‘yish va mahallalarda boshqaruv tizimini takomillashtirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Qarorining Termiz shahrida ijrosi bo‘yicha 2026-yil I choragi davomida amalga oshirilgan ishlar atroflicha o‘rganildi.

▶️Xususan, mahalla fuqarolar yig‘inlari faoliyatini samarali tashkil etish, hududlarda ijtimoiy-iqtisodiy infratuzilmani rivojlantirish, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlariga bo‘lgan ishonchini mustahkamlash, murojaatlar bilan ishlash tizimi hamda aholi muammolarini tezkor hal etish borasida amalga oshirilgan ishlar tahlil qilindi.

▶️O‘rganishlar davomida tizimdagi mavjud muammolar, ularni bartaraf etish bo‘yicha takliflar hamda mahallalarda samarali boshqaruvni yo‘lga qo‘yish yuzasidan mas’ullarga tegishli tavsiya va ko‘rsatmalar berildi.

✔️Mahallalarda ochiqlik, hisobdorlik va aholi bilan samarali muloqotni kuchaytirish, shuningdek, hududlarni kompleks rivojlantirish borasidagi ishlar izchil davom ettirilmoqda.

Slide 1 of 7