Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
KITOB TUMANI MARKAZIY SHIFOXONASIDA O'RGANISH ISHLARI OLIB BORILDI
янв.21
Kitob tumanida yangi xususiy klinika faoliyati o‘rganildi
янв.21
🛣 Xalqlar do‘stligi mahalla fuqarolar yig'inida yo‘llar ta’mirlanmoqda.
янв.21
🛡 KIBERXAVFSIZLIK — DAVR TALABI VA HUQUQIY KAFOLATIMIZ
янв.21
Farmatsevtika sohasida yangi huquqiy tartiblar: Qonunchilikka o‘zgartishlar kiritildi
янв.21
MAKTAB – KELAJAK POYDEVORI: YANGI BINOLAR VA SHAROITLAR KO‘ZDAN KECHIRILDI
янв.21
🏟 Sport sohasidagi islohotlar va yangi qonun ijrosi o‘rganilmoqda
янв.21
Kelajagimiz egalarining huquqlari — qonun himoyasida!
янв.21
🏛 Xalq deputatlari tuman Kengashi deputatining navbatdagi o‘rganishi.
янв.21
🏛 Хизmat сифати — эътибор марказида: Депутат ФҲДЁ бўлимида бўлди
DEPUTATLIK NAZORATI

Xalq deputatlari Vobkent tumani Kengashi kotibiyati mudiri, tuman Kengashi deputati Muborak Naimova 8-Chitgaron saylov okrugidan deputat Muxabbat Nurmuxamedova bilan birgalikda “Moʻminobod” MFYda mahalladagi yoshlar yetakchisi va ijtimoiy xodim faoliyati doirasida mahallada oʻrganishlar olib borishdi. Jumladan, mahallada yashayotgan fuqaro D.Aslonova xonadonida boʻlib, mavjud muammolari oʻrganildi. Xususan fuqaro bugungi kunda Gʻijduvon tumanida tibbiyot yoʻnalishida tahsil olayotgani, oilaviy sharotidan kelib chiqib, kontrakt toʻlovini toʻlab berishda amaliy yordam soʻradi. Duputatlar tomonidan aniqlangan muammo yechimi yuzasidan Yoshlar ishlari tuman boʻlimi bilan olib borilgan ishlar natijasida fuqaro “Yoshlar daftari”ga kiritilib, tuman “Yoshlar daftari” jamgʻarmasining mahallaga taqsimlangan mablagʻlari hisobidan ijtimoiy yordam ajratilib, kontrakt toʻlovining bir qismi qoplanadigan boʻlindi.

Slide 1 of 5