Xalq deputatlari shahar Kengashi deputatlari faoliyatining eng muhim yo‘nalishlari bo‘yicha belgilangan savolnomaning 5 va 20-bandlari ijrosini ta’minlash maqsadida, Urganch shahar Kengashi raisi P.Ro‘ziboyev hamda deputat M.Jumaniyazovalar hamkorligida Urganch shahar “Navbahor” mahallasida
o‘rganishlar o‘tkazildi.
O‘rganish davomida mahalla “yettilik” tizimi xodimlari bilan bevosita muloqot tashkil etilib,
quyidagi masalalar muhokama markazida bo‘ldi:
· Mahalladagi ijtimoiy-ma’naviy muhit barqarorligini ta’minlash;
· Aholi bandligini oshirish va tadbirkorlik tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash;
· Infratuzilma bilan bog‘liq muammoli masalalarga yechim topish.
Muloqot yakunida aniqlangan muammolarni bartaraf etish yuzasidan aniq chora-tadbirlar belgilab olindi va ijrosi deputatlar nazoratiga olindi.