Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
KITOB TUMANI MARKAZIY SHIFOXONASIDA O'RGANISH ISHLARI OLIB BORILDI
янв.21
Kitob tumanida yangi xususiy klinika faoliyati o‘rganildi
янв.21
🛣 Xalqlar do‘stligi mahalla fuqarolar yig'inida yo‘llar ta’mirlanmoqda.
янв.21
🛡 KIBERXAVFSIZLIK — DAVR TALABI VA HUQUQIY KAFOLATIMIZ
янв.21
Farmatsevtika sohasida yangi huquqiy tartiblar: Qonunchilikka o‘zgartishlar kiritildi
янв.21
MAKTAB – KELAJAK POYDEVORI: YANGI BINOLAR VA SHAROITLAR KO‘ZDAN KECHIRILDI
янв.21
🏟 Sport sohasidagi islohotlar va yangi qonun ijrosi o‘rganilmoqda
янв.21
Kelajagimiz egalarining huquqlari — qonun himoyasida!
янв.21
🏛 Xalq deputatlari tuman Kengashi deputatining navbatdagi o‘rganishi.
янв.21
🏛 Хизmat сифати — эътибор марказида: Депутат ФҲДЁ бўлимида бўлди
Deputat tomonidan tikuvchilik bilan shug’ullanayotgan xotin-qizlar faoliyati ko’zdan kechirildi.

19-Xo’jaubbon saylov okrugi deputati R.Atoyeva tomonidan hududda xotin-qizlar bandligini ta’minlash, ularni daromadli mehnatga jalb etish va ijtimoiy faolligini oshirishga qaratilgan ishlar doirasida tikuvchilik bilan shug’ullanayotgan fuqarolar faoliyati joyiga chiqib o’rganildi. Xususan, Marziya MFY xotin-qizlarining tikuvchilik orqali o’z bandligini ta’minlab, oilaviy daromadini oshirayotgani va mahallada boshqalarga ham o’rnak bo’layotgani alohida ta’kidlandi.

Tashrif davomida tikuvchilik faoliyatining tashkil etilgani, ish jarayonlari, ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar turi, bozorga chiqish imkoniyatlari hamda ish sharoitlari atroflicha ko’zdan kechirildi. Shu bilan birga, xotin-qizlarning o’z kasbini rivojlantirishga bo’lgan intilishi, yangi dizayn va buyurtmalar ustida ishlayotgani, mijozlar bilan hamkorlikni yo’lga qo’yayotgani ijobiy baholandi.

Muloqot jarayonida faoliyatni yanada kengaytirish, qo’shimcha ish o’rinlari yaratish, zamonaviy tikuv uskunalari bilan ta’minlash, mahsulot sifatini oshirish va sotuv hajmini ko’paytirish masalalari muhokama qilindi. Xotin-qizlar tomonidan bildirilgan taklif va muammolar tinglanib, ularni hal etish yuzasidan amaliy choralar ko’rish zarurligi qayd etildi.

Shuningdek, tikuvchilik faoliyatini rivojlantirish orqali mahallada yanada ko’proq xotin-qizlarni ish bilan ta’minlash, ularni kasb-hunarga o’qitish va tadbirkorlikka jalb etish masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Bu orqali nafaqat oilaviy daromadni oshirish, balki mahalla iqtisodiy faolligini kuchaytirishga ham erishish mumkinligi ta’kidlandi.

Deputat tomonidan mazkur yo’nalishni qo’llab-quvvatlash, zarur hollarda imtiyozlar va ko’mak mexanizmlaridan foydalanish, mutasaddi tashkilotlar bilan hamkorlikni yo’lga qo’yish orqali xotin-qizlar faoliyatini yanada rivojlantirish muhimligi bildirildi. Shu bilan birga, ushbu masala doimiy deputatlik nazoratida bo’lishi qayd etildi.
 

Slide 1 of 1