Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
🛣 Xalqlar do‘stligi mahalla fuqarolar yig'inida yo‘llar ta’mirlanmoqda.
янв.21
🛡 KIBERXAVFSIZLIK — DAVR TALABI VA HUQUQIY KAFOLATIMIZ
янв.21
Farmatsevtika sohasida yangi huquqiy tartiblar: Qonunchilikka o‘zgartishlar kiritildi
янв.21
MAKTAB – KELAJAK POYDEVORI: YANGI BINOLAR VA SHAROITLAR KO‘ZDAN KECHIRILDI
янв.21
🏟 Sport sohasidagi islohotlar va yangi qonun ijrosi o‘rganilmoqda
янв.21
Kelajagimiz egalarining huquqlari — qonun himoyasida!
янв.21
🏛 Xalq deputatlari tuman Kengashi deputatining navbatdagi o‘rganishi.
янв.21
🏛 Хизmat сифати — эътибор марказида: Депутат ФҲДЁ бўлимида бўлди
янв.21
💧 Suv xo‘jaligi ob’yektlarida ochiqlik va samaradorlik o‘rganilmoqda.
янв.21
📢 Yoshlar — yurtimiz kelajagi va tayanchi!
Deputatlik so'rovi chiqarildi

 🇺🇿 Xalq deputatlari Uchtepa tumani Kengashining "19-Farhod" saylov okrugi, O'zbekiston "Adolat" SDP deputati Tuxtasinov Ilhomjon Madaminovich tomonidan Uchtepa tumani hokimining qurilish, to‘siqlarsiz muhit yaratish, kommunikasiyalarni rivojlantirish, ekologiya va ko‘kalamzorlashtirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari – tuman Obodonlashtirish boshqarmasi boshlig‘i N.Ismatovga deputatlik so'rovi chiqarildi. 

  ⚠️ Ushbu deputatlik so'rovida quyidagi asosiy masalalar so'raldi:

  ✍️ “Ko‘hna Cho‘ponota” mahalla aholisi uchun xizmat ko'rsatayotgan “Elga xizmat” hamda “Ariba klass” kommunal xizmat uy joy boshqarish servis kompaniyalari xodimlarining shtatlar jadvali (mutaxassisliklari bilan);

    ✍️ moddiy-texnik bazasining inventarizatsiyasi;

    ✍️ qaydlar daftaridagi aholi murojaatlarining tahliliy ma’lumotlari;

    ✍️ “Ko‘hna Cho‘ponota” mahallasidagi ko‘p qavatli uylar uchun amalga oshirilgan ishlari (qurilish, ta’mirlash) yuzasidan tegishli ma’lumotlar, smeta hujjatlari bilan birgalikda taqdim etish yuzasidan asoslantirilgan, asosli hamda tegishli hujjatlar bilan tasdiqlangan ma’lumotlar haqida belgilangan muddatda yozma ravishda asosli javob yuborish so'ralmoqda.

 🗣 Deputatlik so‘rovida ko‘tarilgan masala yuzasidan o‘rganish natijalari hamda amalga oshiriladigan ishlar bo‘yicha 10 kun muddatda asoslantirilgan ma’lumot taqdim etish talabi qo‘yilgan. Mazkur masala deputat tomonidan nazoratga olingan.

Slide 1 of 3