Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
🛣 Xalqlar do‘stligi mahalla fuqarolar yig'inida yo‘llar ta’mirlanmoqda.
янв.21
🛡 KIBERXAVFSIZLIK — DAVR TALABI VA HUQUQIY KAFOLATIMIZ
янв.21
Farmatsevtika sohasida yangi huquqiy tartiblar: Qonunchilikka o‘zgartishlar kiritildi
янв.21
MAKTAB – KELAJAK POYDEVORI: YANGI BINOLAR VA SHAROITLAR KO‘ZDAN KECHIRILDI
янв.21
🏟 Sport sohasidagi islohotlar va yangi qonun ijrosi o‘rganilmoqda
янв.21
Kelajagimiz egalarining huquqlari — qonun himoyasida!
янв.21
🏛 Xalq deputatlari tuman Kengashi deputatining navbatdagi o‘rganishi.
янв.21
🏛 Хизmat сифати — эътибор марказида: Депутат ФҲДЁ бўлимида бўлди
янв.21
💧 Suv xo‘jaligi ob’yektlarida ochiqlik va samaradorlik o‘rganilmoqda.
янв.21
📢 Yoshlar — yurtimiz kelajagi va tayanchi!
Uchtepa tumanida ijtimoiy obyektlarni ta’mirlash ishlari nazoratga olindi

Uchtepa tumanida ijtimoiy obyektlarni ta’mirlash ishlari nazoratga olindi

 🇺🇿 Toshkent shahri Uchtepa tumanida joylashgan bir qator ijtimoiy ahamiyatga ega obyektlarda amalga oshirilishi rejalashtirilgan ta’mirlash ishlari xalq deputatlari tuman Kengashi kotibiyati tomonidan joyiga chiqib o‘rganildi. O‘rganishlarda Kengash kotibiyati mudiri Anvar Usmanov hamda kotibiyat bosh mutaxassisi Umidbek Abilov ishtirok etdi.

 📇 Xususan, 1-son sport maktabida keng ko‘lamli qurilish va ta’mirlash ishlari rejalashtirilgan. Unga ko‘ra, bino ichki va tashqi qismini joriy ta’mirlash, tom qismini kapital ta’mirlash, issiqlik tizimini yangilash, elektr simlarini to‘liq almashtirish, sport zalning pol qismini kapital ta’mirlash hamda quyosh panellari o‘rnatish ishlari ko‘zda tutilgan. Mazkur loyiha doirasida 1 219 nafar foydalanuvchi qamrab olinishi rejalashtirilgan bo‘lib, umumiy qiymati 1 mlrd. 648 mln. so‘mni tashkil etadi.

 🔼 Shuningdek, 492-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkilotida ham muhim ta’mirlash ishlari amalga oshirilishi belgilangan. Jumladan, binoning issiqlik tizimini ta’mirlash, tashqi va ichki sovuq suv hamda oqova suv kommunikatsiya quvurlarini yangilash, eshik va deraza romlarini almashtirish, padokonnilar o‘rnatish hamda ular o‘rnatilgandan so‘ng atkos qismini ta’mirlash, shuningdek, bino fasadini to‘liq sokl qismi bilan birga ta’mirlash ishlari rejalashtirilgan. Ushbu loyiha 86 nafar tarbiyalanuvchini qamrab oladi va umumiy qiymati 1 mlrd. 600 mln. so‘mni tashkil etadi.

 💼 O‘rganishlar jarayonida mutasaddi tashkilotlar bilan birgalikda smeta hujjatlarini sifatli ishlab chiqish, belgilangan ishlarni to‘liq va o‘z vaqtida bajarilishini qat’iy nazoratga olish zarurligi ta’kidlandi. Shuningdek, qurilish-ta’mirlash jarayonlarida korrupsiya omillarining oldini olish, manfaatlar to‘qnashuviga yo‘l qo‘ymaslik bo‘yicha qat’iy choralar ko‘rilishi lozimligi alohida qayd etildi.

 📁 Mazkur o‘rganishlar natijasida barcha mas’ullarga aniq vazifalar yuklatilib, ishlarning shaffof va samarali tashkil etilishi yuzasidan tegishli ko‘rsatmalar berildi.

Slide 1 of 6